MAHALLIY BYUDJETLAR MOLIYAVIY BARQARORLIGINI TA’MINLASHDA JISMONIY SHAXSLARNING MOL-MULK VA YER SOLIQLARINI TAKOMILLASHTIRISH: EKONOMETRIK YONDASHUV
Ключевые слова:
mahalliy byudjet, mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, kadastr qiymati, soliq stavkalari, soliq bazasi, indeksatsiya, ko‘chmas mulkni baholash, byudjet barqarorligi, QQS qoldiqlari, fiskal federalizm, variatsiya koeffitsiyenti.Аннотация
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida mahalliy byudjetlar moliyaviy barqarorligini ta’minlashda jismoniy
shaxslarning mol-mulk va yer soliqlarini takomillashtirish masalalari empirik asosda ko‘rib chiqilgan. Tahlil 2025-yil
25-dekabrdagi O‘RQ-1108-sonli Qonun bilan kiritilgan o‘zgarishlarni qamrab oladi: soliq stavkalarining 7 foizga indeksatsiya
qilinishi, 1 m² minimal qiymatining oshirilishi va 2026-yildan boshlab ilk bor QQS tushumlarining mahalliy byudjetlarda
qoldirilishi (Toshkent — 5%, viloyatlar — 20%). Toshkent shahrining 12 ta tumani bo‘yicha o‘tkazilgan ekonometrik tahlil
natijasida tumanlar o‘rtasidagi soliq salohiyatining yuqori variatsiya koeffitsiyenti (CV=0,793) aniqlandi. Mahalliy byudjet
daromadlari 2024-yildagi 37,3 trln so‘mdan 2026-yilda 68,6 trln so‘mga (+84%) o‘sishi prognoz qilinmoqda. Tadqiqot natijalari
mol-mulk soliqlari/YaIM nisbati (~0,5%) OECD o‘rtachasidan (1,9%) sezilarli darajada orqada qolayotganini ko‘rsatadi
va bozor qiymatiga asoslangan ommaviy baholash tizimini bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha takliflar berilgan
Библиографические ссылки
Oates W. E. Fiscal Federalism. — New York: Harcourt Brace Jovanovich, 1972. — 256 p.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-dekabrdagi PF-223-sonli “Hududlarda yuqori
iqtisodiy o‘sish va aholi bandligini ta’minlashning yangi tizimini yo‘lga qo‘yish hamda bu borada mahalliy
hokimliklarning roli va mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PQ-388-sonli “2026-yil uchun
O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risidagi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
qarori.
O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-1105-sonli “2026-yil uchun O‘zbekiston
Respublikasi Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonuni.
Bird R. M. Subnational Taxation in Developing Countries: A Review of the Literature // Journal of
International Commerce, Economics and Policy. — 2010. — Vol. 1, No. 1. — P. 139–161.
Bird R. M., Slack E. International Handbook of Land and Property Taxation. — Cheltenham: Edward
Manba: muallif tomonidan O‘RQ-1105 va O‘RQ-1108-sonli Qonunlar, PQ-388-sonli qaror va Soliq Kodeksi
qoidalari asosida 2026-yilgi yangiliklarni hisobga olib ishlab chiqilgan.
Загрузки
Опубликован
Выпуск
Раздел
Лицензия
Copyright (c) 2026 MUHANDISLIK VA IQTISODIYOT

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.