SANOAT KORXONALARI RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISHNING ZAMONAVIY KONSEPTUAL MEXANIZMLARI

SANOAT KORXONALARI RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISHNING ZAMONAVIY KONSEPTUAL MEXANIZMLARI

Авторы

  • Abbosxon Jalolov

DOI:

https://doi.org/10.5281/zenodo.17411897

Ключевые слова:

sanoat korxonalari, raqobatbardoshlik, innovatsion rivojlanish, raqamli transformatsiya, eksport klasterlash, “yashil” sanoat.

Аннотация

Mazkur maqolada O‘zbekiston sanoat korxonalari raqobatbardoshligini oshirishning zamonaviy konseptual
mexanizmlari nazariy hamda amaliy jihatdan o‘rganilgan. Globallashuv jarayonlarining chuqurlashuvi, raqamli
texnologiyalarning jadal joriy etilishi va xalqaro qiymat zanjirlarining murakkablashuvi sharoitida raqobat ustunligi
endilikda ishlab chiqarish hajmiga emas, balki innovatsion rivojlanish, raqamli transformatsiya, bilimga asoslangan
boshqaruv hamda moliyaviy moslashuvchanlikning uyg‘un tizimiga bog‘liqligi ilmiy asosda yoritilgan. Janubiy Koreyaning
davlat–xususiy sheriklikka asoslangan innovatsion modeli, Germaniyaning “Industry 4.0” raqamli transformatsiya tajribasi
hamda Turkiyaning eksportga yo‘naltirilgan sanoat klasterlash amaliyoti O‘zbekiston sharoitiga mos samarali yo‘nalishlar
sifatida tahlil etilgan. Tadqiqot natijalari asosida tuzilgan ko‘p omilli regressiya modeli raqobatbardoshlikni oshirishda
innovatsion rivojlanishning yetakchi o‘rinda ekanini, raqamli texnologiyalarni keng joriy etish esa ishlab chiqarish
samaradorligini sezilarli darajada mustahkamlashini tasdiqlaydi. Ushbu ilmiy natijalar asosida texnoparklar va ilmiyinnovatsion
markazlar tarmog‘ini kengaytirish, raqamli infratuzilmani modernizatsiya qilish, hududiy eksport klasterlarini
rivojlantirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish hamda yuqori malakali kadrlar tayyorlashni o‘z ichiga
olgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish O‘zbekiston sanoatining yuqori qo‘shilgan qiymatli, ekologik barqaror
va global raqobatbardosh rivojlanishini ta’minlaydi

Биография автора

Abbosxon Jalolov


Fan va texnologiyalar universiteti
«Iqtisodiyot» kafedrasi dotsenti v.b.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi. O‘zbekiston sanoat ishlab chiqarishi bo‘yicha rasmiy ma’lumotlar

(2014–2024-yillar). Toshkent, 2025-yil.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi. Yillik iqtisodiy sharh va tahlillar to‘plami. Toshkent, 2024-yil.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. “Digital Uzbekistan – 2030” strategiyasi (PQ–6079-son qaror).

Toshkent, 2020-yil. https://lex.uz/docs/-5030957

Kim, Linsu. Imitation to Innovation: The Dynamics of Korea’s Technological Learning. Harvard Business School Press,

-yil.

Kagermann, H., Wahlster, W., & Helbig, J. Recommendations for Implementing the Strategic Initiative INDUSTRIE

0. German National Academy of Science and Engineering (acatech), 2013-yil.

Bundesministerium für Wirtschaft und Energie (BMWi). Industrie 4.0 Platform Reports. Berlin, 2022-yil.

Ministry of Industry and Technology of the Republic of Turkey. Organized Industrial Zones (OSB) Annual Report.

Ankara, 2023-yil.

Porter, M. E. The Competitive Advantage of Nations. Free Press, 1990-yil.

OECD. Innovation Policy Review: Uzbekistan – 2023. Organisation for Economic Co-operation and Development,

Paris, 2023-yil

Загрузки

Опубликован

2025-10-01
Loading...