MAGNIT O‘ZAGI ELLIPS SHAKLIDAGI TRANSFORMATORLARDA MEXANIK ZO‘RIQISH VA ISROFLARNI KAMAYTIRISH HAMDA TEXNIK-IQTISODIY SAMARADORLIKNI OSHIRISH MAQSADIDA ELLIPS KESIMNING OPTIMAL PARAMETRLARINI TANLASH

MAGNIT O‘ZAGI ELLIPS SHAKLIDAGI TRANSFORMATORLARDA MEXANIK ZO‘RIQISH VA ISROFLARNI KAMAYTIRISH HAMDA TEXNIK-IQTISODIY SAMARADORLIKNI OSHIRISH MAQSADIDA ELLIPS KESIMNING OPTIMAL PARAMETRLARINI TANLASH

Авторы

  • Allabergen Bekishev
  • Dilfuza Yakubova
  • Nozima Saidova

DOI:

https://doi.org/10.5281/zenodo.19995542

Ключевые слова:

magnit o‘zak, ellips shakl, mexanik zo‘riqish, elektrodinamik kuchlar, qisqa tutashuv toki, chulg‘am deformatsiyasi, magnit maydon taqsimoti

Аннотация

Ushbu maqolada ellips shaklidagi magnit o‘zakka ega kuch transformatorlarining konstruktiv va ekspluatatsion
xususiyatlari kompleks tarzda tahlil qilingan. Tadqiqotda asosiy e’tibor transformator ish rejimida, xususan, qisqa tutashuv
holatlarida hosil bo‘ladigan elektrodinamik kuchlar ta’sirida yuzaga keladigan mexanik zo‘riqishlarni kamaytirishga
qaratilgan.
Ellips kesimli magnit o‘zak geometriyasi klassik silindrsimon konstruksiyaga nisbatan magnit maydonning fazoviy taqsimotini
yaxshilashi, burchak nuqtalaridagi kuch konsentratsiyasini kamaytirishi hamda chulg‘amlardagi radial va aksial
siljishlarni cheklashi bilan ajralib turadi. Shu asosda ellips kesim parametrlarini (a, b, a/b) optimallashtirish orqali mexanik
barqarorlikni oshirish va konstruktsiya ishonchliligini ta’minlash imkoniyatlari o‘rganilgan.
Maqolada, shuningdek, elektromagnit jarayonlar tahlil qilinib, magnit oqim zichligining ellips geometriyasiga bog‘liq o‘zgarishi,
uyurma (vixr) toklar hamda gisterezis yo‘qotishlarining dinamikasi ko‘rib chiqilgan. Yo‘qotishlarni minimallashtirish
nuqtayi nazaridan mis va temir yo‘qotishlarining geometrik parametrlar bilan bog‘liqligi baholangan.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ellips kesimning optimal parametrlarini tanlash transformatorlarda mexanik zo‘riqishlarni sezilarli
darajada kamaytirish, magnit maydonni bir tekis taqsimlash, energiya yo‘qotishlarini kamaytirish hamda umumiy
texnik-iqtisodiy samaradorlikni oshirish imkonini beradi.
Olingan natijalar zamonaviy yuqori quvvatli va ishonchli kuch transformatorlarini loyihalashda konstruktiv optimallashtirishning
ilmiy asoslangan yondashuvini shakllantiradi

Биографии авторов

Allabergen Bekishev

Toshkent davlat texnika universiteti,
“Elektr mashinalari va yuritmalari muhandisligi” kafedrasi dotsenti, PhD.


Dilfuza Yakubova

Toshkent davlat texnika universiteti,
“Elektr mashinalari va yuritmalari muhandisligi” kafedrasi katta o‘qituvchisi.


Nozima Saidova

Toshkent davlat texnika universiteti,
“Elektr mashinalari va yuritmalari muhandisligi” kafedrasi assistenti.

Библиографические ссылки

Kulkarni, S. V., Khaparde, S. A. Transformer Engineering: Design and Practice. CRC Press, Taylor & Francis Group,

— 744 bet. DOI: 10.1201/9780203492398

Harlow, J. H. (Ed.). Electric Power Transformer Engineering. CRC Press, 2-nashr, 2007. — 899 bet. DOI:

1201/9781420008202

IEC 60076-5. Power Transformers – Ability to Withstand Short Circuit. International Electrotechnical Commission

(IEC), Geneva, 2006 (yangilangan nashr: 2018). URL: https://www.iec.ch

Greenwood, A. Electrical Transients in Power Systems. Wiley-Interscience, 2-nashr, 1991. — 728 bet. DOI:

1002/9780470546800

Kundur, P. Power System Stability and Control. McGraw-Hill, 1994. — 1176 bet.

Bossi, A. “Mechanical Design Considerations in Power Transformers.” IEEE Transactions on Power Apparatus and

Systems, vol. PAS-98, no. 2, 1979, pp. 438–446.

Rogowski, W. “Über die Kräfte zwischen stromdurchflossenen Leitern.” Archiv für Elektrotechnik, 1912, pp. 1–20.

Say, M. G. Alternating Current Machines. Pitman Publishing, 5-nashr, 1983. — 600 bet.

Fitzgerald, A. E., Kingsley Jr., C., Umans, S. D. Electric Machinery. McGraw-Hill, 6-nashr, 2003. — 720 bet.

Загрузки

Опубликован

2026-04-01

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)

Loading...