ANDIJON SHAHRI BOBURSHOH KO‘CHASIDA TRANSPORT VOSITALARINING XAVFSIZ HARAKATINI TASHKIL ETISH
##plugins.pubIds.doi.readerDisplayName##:
https://doi.org/10.5281/zenodo.21791779##article.subject##:
Andijon shahri, Boburshoh ko‘chasi, transport xavfsizligi, harakatni tashkil etish, transport oqimi, tirbandlik, yo‘l infratuzilmasi, aqlli svetofor, chorraha, piyodalar xavfsizligi, yo‘l-transport hodisasi, o‘tkazuvchanlik qobiliyati, yo‘l belgilari, logistika, innovatsion boshqaruv##article.abstract##
Ushbu tadqiqot ishi Andijon shahrining eng yirik va serqatnov markaziy magistrallaridan biri hisoblangan
Boburshoh ko‘chasida transport vositalarining xavfsiz hamda tizimli harakatini tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan.
Bugungi kunda shaharda avtomobillar sonining keskin ortishi mazkur ko‘chada jiddiy tirbandliklarni yuzaga keltirmoqda,
transport oqimining harakat tezligini pasaytirmoqda va yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘lish xavfini sezilarli darajada
oshirmoqda. Ish doirasida Boburshoh ko‘chasidagi mavjud yo‘l-transport infratuzilmasi, chorrahalarning o‘tkazuvchanlik
qobiliyati va piyodalar harakati xavfsizligi darajasi har tomonlama tahlil qilindi. Kuzatilayotgan muammolarni bartaraf etish
maqsadida muallif tomonidan bir qator amaliy va innovatsion yechimlar taklif etildi. Xususan, ko‘chadagi asosiy chorrahalarni
modernizatsiya qilish, transport oqimini real vaqt rejimida boshqaruvchi “aqlli svetofor” tizimlarini joriy etish, yo‘l
chiziqlari va belgilarini xalqaro standartlar asosida yangilash zarurati asoslab berildi. Shuningdek, piyodalar o‘tish joylarini
zamonaviy yoritish tizimlari bilan jihozlash orqali aholi xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari ko‘rib chiqildi.
Библиографические ссылки
Mirziyoyev, Sh. M. Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnoma, 2025-yil 26-dekabr / Sh. M. Mirziyoyev //
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti. – 2025.
O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati xavfsizligi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston
Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik
to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi Qonuni, 2025-yil 20-fevral, O‘RQ–1033-son //
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi. – 2025.
O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi Qonuni, 2024-yil 19-yanvar, O‘RQ–900-son // Qonunchilik
ma’lumotlari milliy bazasi. – 2024.
Azizov, Q. H. Harakat xavfsizligini tashkil etish asoslari : darslik / Q. H. Azizov. – Toshkent : Fan va texnologiya, 2009.
– 267 b.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini
keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori, 2022-yil 4-aprel, PQ–190-son // Qonunchilik ma’lumotlari milliy
bazasi. – 2022.
Xolmatov, U. S. Yo‘l harakati qoidalari va harakat xavfsizligi asoslari : darslik / U. S. Xolmatov. – Andijon : Omadbek
print number one MChJ, 2025. – 419 b.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yo‘l sohasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirishga oid choratadbirlar
to‘g‘risida”gi Qarori, 2019-yil 9-dekabr, PQ–4545-son // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi. – 2019.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi yo‘l xavfsizligini ta’minlash tizimini
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori, 2018-yil 19-may, 377-son // Qonunchilik ma’lumotlari
milliy bazasi. – 2018.
Baynazarov, X. R. Yo‘l harakatini boshqarishning texnik vositalari : darslik / X. R. Baynazarov, U. S. Xolmatov. –
Andijon : Omadbek print number one MChJ, 2025. – 259 b.
Azizov, Q. H. Harakat xavfsizligini tashkil etish asoslari : darslik / Q. H. Azizov. – Toshkent : Yozuvchi, 2002. – 182 b.
Qodirov, S. M. Yo‘l-transport hodisalari tahlili : o‘quv qo‘llanma / S. M. Qodirov, K. M. Nazarov. – Toshkent, 2002. – 84 b.
Avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi : darslik / Q. M. Sidiqnazarovning umumiy tahriri ostida ; tarjima nashri. – Toshkent
: Voris-nashriyot, 2006. – 630 b.
Загрузки
##submissions.published##
##issue.issue##
##section.section##
Лицензия
Copyright (c) 2026 MUHANDISLIK VA IQTISODIYOT

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.