O‘ZBEKISTONDA ICHKI TURIZM XIZMATLARINI DIVERSIFIKATSIYA QILISH DARAJASINI BAHOLASHNING IQTISODIY KO‘RSATKICHLARI VA METODIK YONDASHUVLARINING BUGUNGI HOLATI
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.21467188Keywords:
ichki turizm, diversifikatsiya, turizm xizmatlari, iqtisodiy ko‘rsatkichlar, Herfindahl–Hirschman indeksi, mavsumiylik koeffitsiyenti, metodik yondashuvlar.Abstract
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilish darajasini baholashga
xizmat qiluvchi iqtisodiy ko‘rsatkichlar, jumladan, xizmat turlarining tarkibi, hududiy taqsimot ulushi, Herfindahl–
Hirschman indeksi (HHI), mavsumiylik koeffitsiyenti va daromadlar diversifikatsiyasi hamda ularni baholashning metodik
yondashuvlari 2015–2025-yillar kesimida tahlil qilingan. Tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi
ma’lumotlari, “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilaylik!” dasturi doirasidagi hisobotlar va ilmiy tadqiqotlar asosida deskriptiv
statistika, dinamik qatorlar tahlili hamda tarkibiy tahlil usullaridan foydalanilgan. Tadqiqot natijalari ichki sayohatlar
soni 2015-yildagi 1,9 mln tadan 2025-yilda 25,7 mln tagacha oshganini ko‘rsatdi. Ichki turizm xizmatlarining diversifikatsiya
darajasi o‘rtacha bo‘lib, Herfindahl–Hirschman indeksi 2200–2800 oralig‘ida shakllangan. Shu bilan birga, joylashtirish
xizmatlari hamda markaziy hududlarning ustun mavqeyi saqlanib qolgan. Amaldagi metodik yondashuvlar, asosan,
deskriptiv xususiyatga ega bo‘lib, Herfindahl–Hirschman va Gini indekslari kabi zamonaviy baholash vositalarini kengroq
qo‘llash sohani kompleks tahlil qilish imkoniyatlarini yanada oshiradi. Maqolada ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya
qilish va sohani barqaror rivojlantirishga qaratilgan ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.
References
O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. Turizm va dam olish statistikasi: 2015–2025-yillar. — Stat.uz.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-apreldagi PQ–232-son “Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya
qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori. — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, https://lex.uz/uz/docs/-5991928
“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilaylik!” dasturi hisoboti. — 2025-yil, yanvar–noyabr.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. Turizm sohasiga oid press-relizlar. — 2024–2025-yillar. — Stat.uz.
United Nations World Tourism Organization. Tourism Towards 2030: Global Overview. — Madrid: UNWTO, 2023.
Kabilova, Z. B. Ichki turizmni rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari // Universal Scientific Research. — 2024.
Yuldoshev, A. I. Hududiy turizm samaradorligini oshirishda xizmatlarni diversifikatsiya qilish // CyberLeninka. — 2026.
Hassanov va boshqalar. O‘zbekistonda ichki turizm: imkoniyatlar va muammolar. — ResearchGate, 2025.
World Travel & Tourism Council. Uzbekistan Economic Impact Report 2025. — London: WTTC, 2025.
Development of Domestic Tourism in Uzbekistan // Genius Journals. — 2025.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. Tourism and Recreation Development in the Republic of Uzbekistan
for 2024. — Toshkent, 2025.
Downloads
Published
Issue
Section
License
Copyright (c) 2026 MUHANDISLIK VA IQTISODIYOT

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.