OʻZGARUVCHAN TEZLIKLI, OG‘MA QATOR QOZIQLI, SINUSOIDAL PLANKALI BARABANLARDA PAXTA BOʻLAGINING ZARBALI TA’SIRI MODELI
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.21370838Keywords:
paxta tozalagich, sinusoidal planka, ogʻma qatorli qoziq, oʻzgaruvchan tezlik, zarbali taʼsir, matematik model, harakat trayektoriyasi, mayda iflosliklar, ogʻish burchagi.Abstract
Maqolada paxtani mayda iflosliklardan tozalash qurilmasining ogʻma qatorli qoziqlar va sinusoidal plankalar
bilan jihozlangan 12 barabanli yangi konstruktiv sxemasi hamda ishlash prinsipi bayon etilgan. Ishchi elementlarning
burchak tezligini guruhlar bo‘yicha bosqichma-bosqich 10 % ga oshirish va ularning o‘rnatilish burchaklarini 15°–10°–5°
gacha kamaytirish asosida paxta bo‘lagiga zarbali taʼsirning matematik modeli ishlab chiqilgan. Zarbadan keyin paxta
bo‘lagi va undan ajralgan mayda iflosliklarning harakat tezliklari hamda ogʻish burchaklarini aniqlovchi analitik ifodalar
olingan. Grafik bogʻliqliklar tahlili asosida qurilmaning tozalash samaradorligini oshiruvchi optimal konstruktiv va kinematik
parametrlar tavsiya etilgan.
References
Karabelnikov R. V., Tursunov X. K. Paxta xomashyosini mayda iflosliklardan tozalash jarayonida barabanlar
tezligining tola sifatiga ta’siri // InnoRes ilmiy jurnali. – Toshkent, 2022. – 15–22-betlar.
Obidov A. A., Xudayberdiyeva D. Paxtani mayda iflosliklardan tozalash qurilmasining takomillashtirilgan
sxemasini yaratish // Young Scientist ilmiy maqolalar to‘plami. – Namangan: NamMTI, 2024. – 45–48-betlar.
Nematov A. Q. Paxtani mayda iflosliklardan tozalagich konstruksiyasini takomillashtirish: texnika fanlari bo‘yicha
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. – Toshkent: TTESI, 2026. – 24–28-betlar.
Parpiyev A. P., Saidbekova S. A. Paxtani iflosliklardan tozalash bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar
tarixi va tahlili // Scientists.uz xalqaro ilmiy jurnali. – Toshkent, 2023. – № 4. – 112–118-betlar.
Djurayev A. D., Nematov A. Q. Paxtani mayda iflosliklardan tozalash jarayonida qoziqli barabanlarning konstruktiv
parametrlarini asoslash // To‘qimachilik muammolari ilmiy jurnali. – Toshkent, 2025. – № 3. – 58–64-betlar.
Tursunov X. K., Parpiyev A. P. Paxta tozalash mashinalari ishchi organlarining kinematik parametrlarini optimallashtirish
// Muhandislik va texnologiyalar ilmiy jurnali. – Toshkent, 2024. – № 2. – 91–98-betlar.
Downloads
Published
Issue
Section
License
Copyright (c) 2026 MUHANDISLIK VA IQTISODIYOT

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.