OG‘IR ARALASHMALAR TUTGICHI (TOSHTUTGICH)DA PAXTA OQIMIDAN OG‘IR ARALASHMALARNING TASHQARIGA UZLUKSIZ RAVISHDA CHIQIB KETISHINI TA’MINLOVCHI MOSLAMANING HARAKATI

Authors

  • R.K. Djamalov
  • Maxmud Karimov

DOI:

https://doi.org/10.5281/zenodo.22365044

Abstract

Ushbu maqolada paxta xomashyosi tarkibidagi tosh, metall va boshqa og‘ir aralashmalarni havo oqimi yordamida
samarali ajratish hamda ularni uzluksiz chiqarib yuborishni ta’minlovchi qurilmaning ish jarayoni nazariy jihatdan
tadqiq etilgan. Paxta bo‘lakchalari va og‘ir aralashmalarning havo quvuri hamda ajratish kamerasidagi harakat qonuniyatlari
o‘rganilgan. Harakat jarayonida paxta bo‘lakchalariga ta’sir etuvchi og‘irlik, aerodinamik va inertsiya kuchlari hisobga
olinib, D’Alembert prinsipi asosida differensial tenglamalar tuzilgan. Olingan tenglamalar yordamida paxta oqimining koordinata
o‘qlari bo‘yicha tezligi, siljishi va harakat trayektoriyasi aniqlangan. Matematik model asosida Maple dasturida
hisoblashlar bajarilib, havo tezligi va paxta bo‘lakchalarining boshlang‘ich tezligi o‘zgarishining ajratish jarayoniga ta’siri
grafiklar orqali tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari havo quvuri va uzun qoziqli barabanning konstruktiv hamda kinematik
parametrlarini maqbul tanlash og‘ir aralashmalarni samarali ushlash, paxtaning chiqindiga qo‘shilib ketishini kamaytirish
va texnologik jarayonning uzluksizligini ta’minlash imkonini berishini ko‘rsatdi. Havo oqimi tezligini 25–30 m/s, paxta oqimining
qurilmaga kirish tezligini 15–20 m/s oralig‘ida tanlash samarali ish rejimini shakllantirish uchun tavsiya etildi

Keywords

paxta xomashyosi, og‘ir aralashmalar, tosh zarrachalari, temir bo‘lakchalari, havo oqimi, havo quvuri, uzun qoziqli baraban, toshtutgich, aerodinamik kuch, inertsiya kuchi, harakat trayektoriyasi, matematik model, Maple

Author Biographies

R.K. Djamalov

Toshkent viloyati Tolali ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti, t.f.d., prof.

Maxmud Karimov

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti, texnika fanlari bo‘yicha falsafa
doktori (PhD)

References

Abdukholikov A. U., Karimov M. R. Theoretical Study Results of the Technological Process of the Holder of Produced

Heavy Impurities // International Journal of Advanced Research in Science, Engineering and Technology. – 2026. –

Vol. 13, Issue 4. – ISSN 2350-0328. – URL: www.ijarset.com.

Мирошниченко Г. И. Основы проектирования машин первичной обработки хлопка. – М.: Машиностроение,

– 486 с.

Григорьев А. Ю., Малявко Д. П., Федорова Л. А. Теоретическая механика. Кинематика: учебное пособие. –

СПб.: НИУ ИТМО; ИХиБТ, 2013. – 74 с.

Тарг С. М. Краткий курс теоретической механики: учебник для втузов. – 5-е изд., стер. – М.: Наука, 1967. – 478 с.

Downloads

Published

2026-07-01
Vol. 4 No. 7 (2026): «Muhandislik va Iqtisodiyot» jurnali 7-son