UZUN QOZIQLI BARABAN QOZIQLARI ILIB OLGAN PAXTA BO‘LAKLARINING OG‘ISH YOYINI ANIQLASH

Authors

  • R.K. Djamalov
  • Maxmud Karimov

DOI:

https://doi.org/10.5281/zenodo.22280638

Abstract

Ushbu maqolada paxta xomashyosi tarkibidagi tosh va boshqa og‘ir aralashmalarni ajratishga mo‘ljallangan
qurilmaning asosiy ishchi organi — uzun qoziqli barabanning paxta tutamlari bilan o‘zaro ta’siri va ularning tebranma
harakatlanish jarayoni nazariy jihatdan tadqiq etilgan. Paxta tutamiga ta’sir etuvchi inertsiya, og‘irlik va havoning qarshilik
kuchlari hisobga olinib, uning uzun qoziqli baraban qoziqlaridagi og‘ish burchagini aniqlash uchun matematik model ishlab
chiqilgan. Paxta tutamining nisbiy harakatini ifodalovchi differensial tenglama tuzilib, u Runge–Kutta sonli usuli yordamida
yechilgan. Uzun qoziqli barabanning burchak tezligi va paxta tutami massasining uning og‘ish burchagi hamda tebranish
amplitudasiga ta’siri o‘rganilgan. Hisoblash natijalari baraban burchak tezligi ortishi bilan paxta tutamining og‘ish burchagi
va harakat trayektoriyasi kengayishini, massa kamayishi bilan esa tebranish amplitudasi ortishini ko‘rsatgan. Tadqiqot
natijalariga ko‘ra, paxta tutamlarining chiqindiga qo‘shilib ketishini kamaytirish va og‘ir aralashmalarni samarali ajratish
uchun uzun qoziqli barabanning aylanish tezligini taxminan 800 ayl/min atrofida tanlash maqsadga muvofiqligi asoslangan.
Olingan natijalar qurilmaning konstruktiv va kinematik parametrlarini optimallashtirish hamda paxta xomashyosini
tozalash samaradorligini oshirish uchun ilmiy-amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi

Keywords

paxta xomashyosi, og‘ir aralashmalar, tosh zarrachalari, uzun qoziqli baraban, paxta tutami, og‘ish burchagi, tebranish amplitudasi, burchak tezligi, inertsiya kuchi, aerodinamik qarshilik, matematik model, Runge–Kutta usuli.

Author Biographies

R.K. Djamalov

Toshkent viloyati Tolali ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti, t.f.d., prof.

Maxmud Karimov

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti, texnika fanlari bo‘yicha
falsafa doktori (PhD)

References

Тарг С. М. Краткий курс теоретической механики: учебник для высших технических учебных заведений. – 5-е

изд., стер. – М.: Наука, 1967. – 478 с.

Paxta xomashyosi tarkibidagi tosh va boshqa og‘ir aralashmalarni ushlash uskunasini yaratish: ilmiy hisobot № 20-05.

– Toshkent: “Paxtasanoat ilmiy markazi” AJ, 2020. – 30 b.

Murodov R. Paxta tarkibidagi og‘ir aralashmalarni tutib qoluvchi moslama konstruksiyasini takomillashtirish:

monografiya. – Toshkent: Fan, 2007.

Mansurova M. A., Madrakhimov Sh., Umarova Z. M. Analysis of the Influence of the Lengths of the Coupler and Rocker

Arm Links on the Position of the Flat Four-Link Mechanism // Theory of Mechanisms and Machines. – 2016. – Vol. 14,

No. 1(2). – P. 21–29.

Downloads

Published

2026-08-01
Vol. 4 No. 8 (2026): «Muhandislik va Iqtisodiyot» jurnali 8-son