Banklararo raqobatning bank tizimi barqarorligiga ta’siri
##plugins.pubIds.doi.readerDisplayName##:
https://doi.org/10.5281/zenodo.14492409##article.subject##:
banklararo raqobat, depozit, kredit, Markaziy bank, pruden tsial nazorat, risk-apetit, moliyaviy barqarorlik, kapital monandligi koeffitsiyenti.##article.abstract##
Bank tizimida banklar sonining oshishi va banklarning yiriklashuvi banklararo raqobat
bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqaradi va doimiy tadqiqotlar o‘tkazishni talab etadi. Bank
xizmatlari bozorida raqobat va unga ta’sir etuvchi omillar 2007–2009-yillardagi jahondagi moliyaviy
inqirozdan so‘ng, tartibga solishning yangi vositalaridan foydalanishni talab etdi. Inqirozdan keyingi
davrda bank nazoratiga oid qat’iy pruden tsial talablarni belgilash va bank tizimi barqarorligini
ta’minlash muhim ahamiyat kasb etdi. Banklararo raqobat va bank tizimi barqarorligi o‘rtasidagi
o‘zaro aloqadorlik, ya’ni raqobat sharoitida banklarning risk-apetitini yuqori darajada olib, moliyaviy
barqarorlik masalasi ko‘proq savollarni tug‘dirmoqda. Ushbu masala bo‘yicha ko‘plab tahlillar
amalga oshirilgan va turli xil yondashuvlar mavjud. Ushbu maqolada bank tizimi barqarorligi va
bank xizmatlari bozorida raqobatning o‘zaro aloqadorligining ekonometrik tahlillari amalga oshirilib,
sabab va oqibatlari baholangan.
##submissions.published##
##issue.issue##
##section.section##
Лицензия
Copyright (c) 2024 MUHANDISLIK VA IQTISODIYOT

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.