O‘ZBEKISTONDA SOG‘LIQNI SAQLASH TIZIMINI MOLIYALASHTIRISHNING IQTISODIY ASOSLARI VA BUDJET XARAJATLARI DINAMIKASI
##article.subject##:
sog‘liqni saqlash tizimi, davlat budjeti, budjet xarajatlari, sog‘liqni saqlashni moliyalashtirish, moliyaviy samaradorlik, ijtimoiy xarajatlar, tibbiy xizmatlar sifati, O‘zbekiston.##article.abstract##
Ushbu maqolada sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirishning iqtisodiy asoslari, davlat budjeti xarajatlarining
mazkur soha rivojlanishidagi o‘rni hamda O‘zbekiston sharoitida sog‘liqni saqlash xarajatlari dinamikasi tahlil qilingan.
Tadqiqotning asosiy maqsadi sog‘liqni saqlash tizimini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini ilmiy jihatdan baholash,
2021–2025-yillarda davlat budjeti xarajatlaridagi o‘zgarishlarni aniqlash hamda xarajatlar samaradorligini oshirish
bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqotda ilmiy adabiyotlar tahlili, hujjatli tahlil, statistik-dinamik tahlil
va mantiqiy umumlashtirish usullaridan foydalanildi. Tahlil natijalari 2021–2025-yillarda sog‘liqni saqlash xarajatlari izchil
o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lganini ko‘rsatadi. Xususan, 2021-yilda ushbu sohaga yo‘naltirilgan xarajatlar 23 316,8 mlrd
so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2025-yilda bu ko‘rsatkich 41 200,0 mlrd so‘mga yetgan. Bu holat sog‘liqni saqlash tizimini
moliyalashtirish davlat ijtimoiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida mustahkamlanib borayotganini ko‘rsatadi.
Shu bilan birga, xarajatlarning nominal o‘sishi ularning real samaradorligini to‘liq ifodalamaydi. Shu sababli sog‘liqni
saqlash xarajatlarini baholashda inflyatsiya, aholi soni, bir nafar aholiga to‘g‘ri keladigan xarajatlar, tibbiy xizmatlar sifati
va infratuzilma samaradorligi kabi ko‘rsatkichlarni ham hisobga olish zarur. Maqolaning ilmiy-amaliy ahamiyati sog‘liqni
saqlash tizimini moliyalashtirish siyosatini takomillashtirish, budjet mablag‘larining maqsadli yo‘naltirilishini kuchaytirish va
xarajatlar natijadorligini oshirish bo‘yicha asoslangan tavsiyalar ishlab chiqilganida namoyon bo‘ladi.
Библиографические ссылки
Mamatqulov B., Qosimova D. (2015). Sog‘liqni saqlash menejmenti va iqtisodiyoti: Darslik. — T.: Voris-nashriyot. 240
b.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘liqni saqlash vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi Farmoni, 06.09.2023-yildagi PQ–156-son. https://lex.uz/uz/docs/-6597701
Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida sog‘liqni saqlash sohasida qilingan ishlar va 2025-yilga mo‘ljallangan ustuvor
vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish materiallaridan. https://president.uz/oz/lists/view/7784
Sarsenbaev, B., & Allaniyazova, N. Formation of Forecast Values of Budget Revenues in Uzbekistan. Economic
Development and Analysis, 2(8), 399–404.
O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti ma’lumotlari (2021–2025).
Sarsenbayev, B., Kengesbayeva, S., & Kengesov, D. Mintaqaviy iqtisodiyotlarda kapital qo‘yilmalarning determinantlari:
Qoraqalpog‘istonda aholi va budjet daromadlarini ekonometrik o‘rganish. Green Economy and Development, 3(4),
Загрузки
##submissions.published##
##issue.issue##
##section.section##
Лицензия
Copyright (c) 2026 MUHANDISLIK VA IQTISODIYOT

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.