DAVLAT AKTIVLARINI SOTISH DAROMADLARINI MAHALLIY BUDJETLAR O‘RTASIDA PARITET ASOSIDA TAQSIMLASH MODELI
##plugins.pubIds.doi.readerDisplayName##:
https://doi.org/10.5281/zenodo.20324662##article.subject##:
davlat aktivlari, xususiylashtirish, fiskal federalizm, budjet tizimi, mahalliy budjetlar, desentralizatsiya, paritet asosida taqsimlash, fiskal tengsizlik, per capita daromad, Gini koeffitsiyenti, hududiy rivojlanish, iqtisodiy faollik, infratuzilma moliyalashtirish, hududlararo tafovutlar, O‘zbekiston iqtisodiy islohotlari, budjet daromadlari, moliyaviy barqarorlik, taqsimot formulasi, xalqaro tajriba, mahalliy moliyaviy mustaqillik.##article.abstract##
Ushbu ilmiy ishda davlat aktivlarini sotishdan tushgan daromadlarni mahalliy budjetlar o‘rtasida paritet
asosida taqsimlashning nazariy va amaliy jihatlari o‘rganiladi. Tadqiqot fiskal federalizm, budjetika va desentralizatsiya
nazariyalariga tayanib, resurslarni hududlar bo‘yicha adolatli taqsimlashning iqtisodiy zaruratini asoslaydi. Xorijiy
mamlakatlar — AQSh, Germaniya, Polsha va Qozog‘iston — amaliyoti tahlili shuni ko‘rsatadiki, aholi soni, iqtisodiy faollik
va hududiy ehtiyojlarga asoslangan formula orqali taqsimlash moliyaviy tengsizlikni kamaytiradi, mahalliy hokimiyatlarning
mustaqilligini mustahkamlaydi hamda hududiy rivojlanishni jadallashtiradi.
O‘zbekiston misolida 2024-yil davlat aktivlarini sotishdan olingan 2,3 trln so‘m daromadning hududlar bo‘yicha taqsimoti
qo‘llab, per capita ko‘rsatkichlar va Gini koeffitsiyenti (0,42) yordamida mavjud nomutanosibliklar aniqlangan. Tuman
va shaharlar aholining 65 foizini tashkil qilgan holda atigi 35 foiz daromad olishi fiskal tengsizlikning yuqori darajasini
ko‘rsatadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, paritet asosidagi taqsimlash modeli mahalliy budjetlar barqarorligini ta’minlash,
hududiy investitsiyalarni faollashtirish va infratuzilma loyihalarini tezlashtirishda muhim omil hisoblanadi.
Shu bilan birga, ushbu modelning O‘zbekistonda qo‘llanishi hududlar o‘rtasidagi iqtisodiy tafovutlarni kamaytirish, mahalliy
hokimiyatlarning moliyaviy mustaqilligini oshirish va davlat xususiylashtirish siyosatining samaradorligini kuchaytirishga
xizmat qilishi ilmiy asoslab beriladi.
Библиографические ссылки
Imanova U.B. - Mahalliy budjetlar moliyaviy resurslarini metadologik xususiyatlarini aniqlash va o‘zgarishlarni
takomillashtirish yo‘llari // Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar jurnali. – 2023. – № 4. – B. 45-58.
Imanova U.B. - Mahalliy budjetlarni o‘rta muddatli rejalashtirish istiqbollari: avtoreferat. – Toshkent: TDIE, 2024. – 24
b. (08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit).
“Xususiylashtirish va davlat mulkini boshqarish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” PQ-5036-son qarori. – 2022 yil 15
noyabr.
Länderfinanzausgleich und kommunale Finanzierung in Deutschland. – Berlin: BMF, 2023. – S. 112-135.
Making Decentralization Work. – Paris: OECD Publishing, 2022. – P. 245-267.
“Jang‘g‘iruvchi Qozog‘iston” dasturi doirasida mahalliy budjetlar hisoboti. – Astana, 2024. – B. 67-89.
Davlat budjeti ijrosi bo‘yicha hisobot (2024 yil). – Toshkent, 2025.
Загрузки
##submissions.published##
##issue.issue##
##section.section##
Лицензия
Copyright (c) 2026 MUHANDISLIK VA IQTISODIYOT

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.