QURILISH SANOATI KORXONALARINING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA ULARNI EKOLOGIK BOSHQARISH TAMOYILLARI
##plugins.pubIds.doi.readerDisplayName##:
https://doi.org/10.5281/zenodo.19890862##article.subject##:
qurilish sanoati, ekologik boshqaruv, ekologik menejment, iqtisodiy salohiyat, moliyaviy salohiyat, ISO 14001, barqaror rivojlanish, institutsional omillar, ekologik tamoyillar, resurs tejamkorlik, ekologik xavfsizlik, boshqaruv samaradorligi.##article.abstract##
Mazkur maqolada qurilish sanoati korxonalarining iqtisodiy, tashkiliy va texnologik xususiyatlari hamda
ularda ekologik boshqaruv tizimini shakllantirishning nazariy-uslubiy asoslari chuqur tahlil qilinadi. Tadqiqotning dolzarbligi
qurilish tarmogʻining milliy iqtisodiyotdagi strategik ahamiyati, uning yuqori resurs sigʻimi, atrof-muhitga sezilarli darajadagi
ta’siri, shuningdek, barqaror rivojlanish tamoyillari asosida boshqaruv tizimini takomillashtirish zarurati bilan izohlanadi.
Tadqiqotning maqsadi qurilish sanoati korxonalarining oʻziga xos xususiyatlarini ekologik boshqaruv nuqtayi nazaridan
tizimlashtirish, ekologik boshqaruv tushunchasining ilmiy mazmunini aniqlashtirish va ushbu tizimni joriy etishning iqtisodiy
hamda tashkiliy samaradorligini asoslashdan iborat.
Tadqiqotda tizimli yondashuv, qiyosiy tahlil, ilmiy abstraksiya, tasniflash, kontent-tahlil va mantiqiy umumlashtirish usullaridan
foydalanildi. Natijalarga koʻra, qurilish sanoati korxonalarining koʻchma ishlab chiqarish xarakteri, mahsulotning
koʻchmasligi, ishlab chiqarish siklining davomiyligi, katta kapital talab qilishi, kooperatsion aloqalarning murakkabligi
hamda ekologik xavf omillarining yuqoriligi ekologik boshqaruvni korxona strategiyasining ajralmas qismi sifatida koʻrishni
taqozo etadi.
Maqolada ekologik boshqaruvning mohiyati, asosiy tamoyillari, institutsional omillari va xalqaro standartlar, xususan ISO
14001 bilan bogʻliqligi keng yoritiladi. Shuningdek, mualliflik yondashuvi asosida “qurilish sanoati korxonalari ekologik
boshqaruvi” tushunchasining aniqlashtirilgan ta’rifi taklif etiladi. Olingan natijalar qurilish korxonalarida resurs tejamkorlik,
ekologik xavfsizlik, iqtisodiy samaradorlik va boshqaruv barqarorligini uygʻunlashtirishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga
ega.
Библиографические ссылки
Bahretdinova X., Sangirova U., Dustnazarova S. Ekologicheskiy menedjment. O‘quv qo‘llanma. Toshkent: TIIIMSX,
Buruk A.F. Ekologicheskiy menedjment. Uchebnoe posobie. Novosibirsk: SGUGiT, 2015.
Buruk A.F., Aleksandrov I.A. Analiz primeneniya sistemy ekologicheskogo menedjmenta predpriyatiya v Ukraine //
Trudy IX Mejdunarodnoy nauchnoy konferensii. Ch. 5. Donetsk: DonNTU, 2008.
Balabanov I.T. Osnovy menedjmenta. Moskva: Finansy i statistika, 2001.
Sheshukova T.G., Kolesen E.V. Sovershenstvovanie metodiki analiza ekonomicheskogo potentsiala
xozyaystvuyushchego subyekta. Monografiya. Perm, 2013.
Fomin P.A., Starovoytov M.K. Osobennosti otsenki potentsiala promyshlennyx predpriyatiy.
Mamadjonova S.S. Overview of Environmental Management in Uzbekistan. 2023.
Kholikova R.S. Environmental Management in Industrial Clusters in Uzbekistan. 2025.
Shanazarova G.B. Ecological management as a factor of sustainable development // Journal of Environmental
Economics and Management. 2020. Vol. 12(3). P. 45–52.
ISO 14001:2015. Environmental management systems – Requirements with guidance for use.
Загрузки
##submissions.published##
##issue.issue##
##section.section##
Лицензия
Copyright (c) 2026 MUHANDISLIK VA IQTISODIYOT

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.