RAQAMLI DASTUR BILAN BOSHQARILADIGAN (RDB) DASTGOHLARDA GEOMETRIK MASALANING YECHIMI
##plugins.pubIds.doi.readerDisplayName##:
https://doi.org/10.5281/zenodo.18472082##article.subject##:
interpolyatsiya, raqamli dasturli boshqaruv, texnologik uskunalar, ishlov berish sifati, texnologik jarayon, geometrik masala.##article.abstract##
Bugungi kunda mutaxassislar tayyorlash jarayonida ta’limning amaliy yo‘nalishini kuchaytirish dolzarb
vazifalardan biri hisoblanadi. Ushbu muammoni hal etish o‘quv jarayonida nazariy bilimlarni amaliy mashg‘ulotlar bilan
uzviy bog‘lash orqali amalga oshiriladi. Mazkur tadqiqotning asosiy maqsadi matematika va texnologik jarayonlarni
avtomatlashtirish fanlari doirasida olingan bilimlarning amaliy qo‘llanilishini yoritishdan iborat. Maqolada raqamli dastur
bilan boshqariladigan (RDB) tizimiga ega dastgohlarda geometrik masalani yechish jarayoni kompleks tarzda tahlil
qilingan.
Tadqiqotda ishchi organlar harakatini ta’minlovchi interpolyatsiya algoritmlarining ishlash prinsiplari hamda berilgan
trayektoriya bo‘ylab harakatni tashkil etish usullari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotning ilmiy yangiligi kesuvchi asbob harakati
geometriyasini aniq aniqlash va geometrik masalani to‘g‘ri ifodalash asosida detalga algoritmik yondashuv orqali ishlov
berish imkoniyatining asoslab berilganidadir. Amaliy ahamiyati esa RDB dastgohlarida interpolyatsiya algoritmlaridan
foydalangan holda real ishlov berish dasturini ishlab chiqishda namoyon bo‘ladi. Tadqiqot jarayonida kuzatish, taqqoslash,
tahlil va sintez usullaridan foydalanilgan bo‘lib, natijalar ishlov berish aniqligini oshirish va vaqt sarfini kamaytirishga
xizmat qiladi.
Библиографические ссылки
Системы счисления и цифровые коды [Электронный ресурс]. – Режим доступа: https://infopedia.su/17x1154.html
(дата обращения: 12.04.2026).
Программирование размерных перемещений [Электронный ресурс]. – Режим доступа: https://infopedia.
su/17x4562.html (дата обращения: 19.04.2026).
Altintas Y. Manufacturing Automation: Metal Cutting Mechanics, Machine Tool Vibrations, and CNC Design. –
Cambridge: Cambridge University Press, 2012.
Smid P. CNC Programming Handbook. – New York: Industrial Press, 2008.
Groover M. P. Automation, Production Systems, and Computer-Integrated Manufacturing. – Pearson Education, 2015.
Kalpakjian S., Schmid S. Manufacturing Processes for Engineering Materials. – Pearson, 2014.
Загрузки
##submissions.published##
##issue.issue##
##section.section##
Лицензия
Copyright (c) 2026 MUHANDISLIK VA IQTISODIYOT

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.