O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MOLIYASI TIZIMINING ZAMONAVIY HOLATI TAHLILI
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.21318444Ключевые слова:
davlat moliyasi, davlat budjeti, fiskal siyosat, moliyaviy nazorat, raqamli iqtisodiyot, Open Budget, Big Data, sun’iy intellekt, fiskal samaradorlik, budjet xarajatlari.Аннотация
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida davlat moliyasi tizimini takomillashtirishning zamonaviy
yo‘nalishlari hamda fiskal boshqaruv samaradorligini oshirish masalalari tadqiq etilgan. Tadqiqotda davlat budjeti
daromadlari va xarajatlari tarkibi, davlat moliyaviy nazorati tizimining rivojlanish tendensiyalari hamda raqamli
texnologiyalarni joriy etishning fiskal samaradorlikka ta’siri tahlil qilingan. Shuningdek, “Open Budget”, elektron soliq
tizimlari, avtomatlashtirilgan monitoring platformalari kabi raqamli mexanizmlarning budjet jarayonlari shaffofligini
oshirishdagi ahamiyati yoritilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, davlat moliyasini boshqarishda sun’iy intellekt, Big Data
va real vaqt monitoring tizimlaridan foydalanish moliyaviy nazorat samaradorligini oshirish hamda fiskal risklarni
kamaytirishda muhim omil hisoblanadi. Shu bilan birga, mahalliy budjetlarning moliyaviy mustaqilligi va davlat xarajatlari
samaradorligini oshirish bilan bog‘liq ayrim muammolar mavjudligi aniqlangan.
Библиографические ссылки
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktyabrdagi “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini
tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6079-sonli Farmoni // URL: https://lex.uz/
docs/5031048
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy
etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4699-son qarori https://lex.uz/docs/-4800657
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi
Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF–60-sonli Farmoni // URL: https://lex.uz/ru/docs/-5841063
O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksi // URL: https://lex.uz/mact/-2304138
Vahobov A.V., Malikov T.S. Moliya. Darslik. – Toshkent: Iqtisod-Moliya, 2021. – 712 b.
Jo‘rayev A.S. Davlat moliyasi va fiskal siyosatni boshqarishning zamonaviy mexanizmlari // Iqtisodiyot va innovatsion
texnologiyalar ilmiy elektron jurnali. – Toshkent, 2023. – №4. – B. 45–53.
Загрузки
Опубликован
Выпуск
Раздел
Лицензия
Copyright (c) 2026 MUHANDISLIK VA IQTISODIYOT

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.