Ko‘chmas mulkni soliqqa tortishda ommaviy baholash
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.14892058Ключевые слова:
ommaviy baholash, ko‘chmas mulk, soliqqa tortish, kadastr bahosi, statistik modellashtirish, qiyosiy yondashuv, xalqaro baholash standartlari, kadastr qiymati, baholash tizimi.Аннотация
Maqolada ko‘chmas mulkni soliqqa tortishda ommaviy baholash usullarini qo‘llash
masalalari tahlil qilingan. Ommaviy baholash tushunchasining huquqiy va amaliy jihatlari, xalqaro
tajriba hamda O‘zbekistondagi qonunchilik asosida ushbu usulni joriy etish zaruriyati ko‘rib chiqilgan.
Muallif ommaviy baholashni ko‘p sonli ko‘chmas mulk obyektlarining qiymatini standartlashtirilgan
usullar va modellar asosida aniqlash jarayoni sifatida ta’riflaydi. Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash
tizimlarini ishlab chiqish va takomillashtirish soliqqa tortishning shaffofligini va samaradorligini
oshirish imkonini beradi. Ushbu baholashning usullari, modellashtirish yo‘nalishlari, statistik va
qiyosiy yondashuvlar, shuningdek, kadastr baholash jarayonida qo‘llaniladigan standartlashtirilgan
yondashuvlar haqida batafsil ma’lumot berilgan. Shuningdek, maqolada ko‘chmas mulkni soliqqa
tortish maqsadida ommaviy baholashdan foydalanish borasida takliflar va tavsiyalar berilgan.
Опубликован
Выпуск
Раздел
Лицензия
Copyright (c) 2025 MUHANDISLIK VA IQTISODIYOT

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.