QALMOQIR KONI MIS-MOLIBDEN RUDASINING GRANULOMETRIK TARKIBI VA METALLARNING YIRIKLIK SINFLARI BO‘YICHA TAQSIMLANISHINI TAHLIL QILISH
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.21856800Keywords:
Qalmoqir koni, mis-porfir rudasi, granulometrik tarkib, molibden, mis, oltin, metallarning taqsimlanishi, yiriklik sinfi, boyitish, ochilish darajasi.Abstract
Qalmoqir mis-porfir konidan olingan rudalarning granulometrik tarkibi hamda asosiy foydali komponentlarning
yiriklik sinflari bo‘yicha taqsimlanishi tadqiq etilgan. Tadqiqot davomida ruda namunalaridagi oltin, kumush, mis,
molibden, temir va oltingugurtning granulometrik sinflar bo‘yicha miqdoriy taqsimlanishi aniqlanib, metallarning ochilish
xususiyatlari baholangan. Tahlil natijalari rudaning asosiy qismi yirik fraksiyalarda to‘planganligini, shuningdek, mayda
sinflarda metallarning boyish tendensiyasi kuzatilishini ko‘rsatdi. Molibdenning o‘rtacha miqdori 0,004 % ni tashkil etib,
uning asosiy to‘planishi -0,038+0,020 mm yiriklik sinfida kuzatildi. Oltinning maksimal modal cho‘qqisi -0,075+0,053 mm
yiriklik sinfiga to‘g‘ri kelishi aniqlandi. Olingan natijalar ruda tarkibini chuqur o‘rganish, maydalashning optimal darajasini
tanlash hamda boyitish texnologiyasini ilmiy asoslashda muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.
References
Samadov, A.U., Abdusamiyeva, L.N. Molibdenli va mis–molibdenli rudalarni boyitishda mineral tarkibning texnologik
jarayonlarga ta’siri // Models and Methods for Increasing the Efficiency of Innovative Research. – 2025. – Vol. 5, No.
– B. 342–347.
Samadov, A.U., Abdusamiyeva, L.N. Mis–molibden rudalarini qazib olish va boyitish texnologiyalarining zamonaviy
holati (Qozoqmis va xorijiy kombinatlar misolida) // American Journal of Education and Learning. – 2025. – Vol. 3, No.
– B. 113–115.
Wills, B.A., Finch, J.A. Wills’ Mineral Processing Technology. – Oxford : Butterworth-Heinemann, 2016.
Fuerstenau, M.C., Jameson, G., Yoon, R.-H. Froth Flotation: A Century of Innovation. – Littleton : SME, 2007.
Downloads
Published
Issue
Section
License
Copyright (c) 2026 MUHANDISLIK VA IQTISODIYOT

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.