MINTAQA IQTISODIY O‘SISHIDA XIZMATLAR SOHASI TARKIBIY O‘ZGARISHLARINING STATISTIK TAHLILI: XORAZM VILOYATI MISOLIDA

MINTAQA IQTISODIY O‘SISHIDA XIZMATLAR SOHASI TARKIBIY O‘ZGARISHLARINING STATISTIK TAHLILI: XORAZM VILOYATI MISOLIDA

Authors

  • Alisher Raximov

DOI:

https://doi.org/10.5281/zenodo.21005992

Keywords:

statistika, xizmatlar sohasi, Xorazm viloyati, xizmat ko‘rsatish, moliyaviy xizmatlar, tarkibiy o‘zgarishlar.

Abstract

Ushbu maqolada Xorazm viloyati misolida mintaqaviy iqtisodiy o‘sishda xizmatlar sohasi tarkibiy o‘zgarishlarining
ta’siri statistik metodlar yordamida tadqiq etilgan. So‘nggi yillarda xizmatlar sektorining yalpi hududiy mahsulotdagi
ulushi izchil ortib borayotgani, raqamli transformatsiya sur’atlarining tezlashuvi hamda mazkur yo‘nalishdagi davlat
siyosati chora-tadbirlari tadqiqotning dolzarbligini belgilaydi. Tadqiqotning maqsadi – Xorazm viloyati xizmatlar sektorida
kechayotgan tarkibiy o‘zgarishlarni miqdoriy baholash va ularning iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlariga ta’sir mexanizmlarini
aniqlashdan iborat. Tahlil natijalari shuni tasdiqladiki, o‘n yillik davrda xizmatlar sohasining YAHMdagi ulushi barqaror
o‘sib, 2015-yildagi 35,4 foizdan 42,6 foizgacha oshdi va hudud iqtisodiyotining asosiy negizi hisoblangan qishloq xo‘jaligi
tarmog‘idan o‘zib ketdi.
Viloyatda xizmatlar ulushining o‘sishi va ichki tarmoq diversifikatsiyasi yalpi hududiy mahsulot dinamikasiga ijobiy ta’sir
ko‘rsatishi bilan birga, hududiy nomutanosibliklar saqlanib qolayotgani aniqlandi. Tadqiqot yakunida xizmatlarni rivojlantirish,
raqamli infratuzilmani yaxshilash va hududlararo tafovutlarni kamaytirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.

Author Biography

Alisher Raximov

Urganch RANCH texnologiya universiteti
“Iqtisodiyot” kafedrasi katta o‘qituvchisi

References

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-maydagi “Xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari

toʻgʻrisida”gi PQ-5113-sonli qarori // URL: https://lex.uz/docs/-5421233

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-yanvardagi “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qoʻshimcha

chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-104-son qarori // URL: https://lex.uz/uz/docs/-5840284

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-fevraldagi “Xizmatlar sohasi barqaror rivojlanishi uchun qulay

shart-sharoitlar yaratishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-78-son qarori // URL: https://lex.uz/docs/-

World Bank reports “At Your Service?: The Promise of Services-led Growth in Uzbekistan”, 2024 yil dekabr.

Baumol, W.J. (1967). Macroeconomics of Unbalanced Growth: The Anatomy of Urban Crisis. American Economic

Review, 57(3), 415–426. DOI: 10.2307/1812111, http://piketty.pse.ens.fr/files/Baumol1967.pdf

Стрижкова Л.А., Селиванова М.В. Сфера услуг и экономическое развитие // Российский внешнеэкономический

вестник. – 2025. – № 9. – С. 108-127. DOI: 10.64545/2072-8042-2025-9-108-127.

Percoco M. Impact of European Cohesion Policy on regional growth: does local economic structure matter? // 2017. –

URL: https://iris.unibocconi.it/handle/11565/3993531

Бегалов Б.А., Жуковская И.Е., Развитие сферы услуг– результаты настоящего для перспектив в будущем.

Экономика предприятий, регионов и отраслей, 76-82

Ernazarov G. O‘zbekiston Respublikasida xizmatlar sohasining asosiy ko‘rsatkichlari, uning statistik tahlili va uni

takomillashtirish yo‘llari // Ilg‘or iqtisodiyot va pedagogik texnologiyalar ilmiy elektron jurnal. – 2025. – 4-son. – B. 246-

Maxmudova N.B. Hududiy tadbirkorlikda xizmatlar sektorining innovatsion modernizatsiyasi // «Raqamli iqtisodiyot»

ilmiy-elektron jurnali. – 2025. – 13-son. – B. 2273-2284.

O‘zbekiston Respublikasi milliy statistika qo‘mitasi, www.stat.uz

Xorazm viloyati statistika boshqarmasi, www.xorazmstat.uz

Downloads

Published

2026-06-01
Loading...