DIVERSIFIKATSIYALASHUV ASOSIDA QURILISH TARMOG‘I RIVOJLANISHINI KO‘P OMILLI BOG‘LANISHLAR ASOSIDA MODELLASHTIRISH
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.19516460Keywords:
qurilish tarmog‘i, diversifikatsiyalashuv, ko‘p omilli model, regressiya tahlili, ekonometrik baholash, qurilish ishlari hajmi, institutsional omillar, barqaror rivojlanish, modellashtirish, tarkibiy o‘zgarishlar.Abstract
Mazkur maqolada qurilish tarmog‘i rivojlanishini diversifikatsiyalashuv omili asosida ko‘p omilli bog‘lanishlar
yordamida modellashtirish masalalari yoritilgan. Tadqiqotda qurilish tarmog‘ining barqaror va raqobatbardosh rivojlanishi
investitsiyalar, mehnat resurslari hamda bozor talabi bilan bir qatorda diversifikatsiyalashuv darajasiga ham bog‘liqligi
asoslab berilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2010–2024-yillardagi statistik ma’lumotlari asosida qurilish ishlari
hajmiga ta’sir etuvchi asosiy omillar tizimlashtirilib, ularning o‘zaro bog‘liqligi ekonometrik usullar yordamida baholangan.
Xususan, doimiy aholi soni, qurilishda bandlik, o‘rtacha oylik ish haqi, investitsiyalar hajmi hamda diversifikatsiya indeksi
asosiy omillar sifatida tanlangan. Tadqiqotda ko‘p omilli regressiya, korrelatsion tahlil va model diagnostikasi usullaridan
foydalanilgan. Maqolaning ilmiy ahamiyati diversifikatsiyalashuvni qurilish tarmog‘ida tarkibiy kengayish bilan birga
sifat jihatidan yangilanish, resurslar qayta taqsimoti va barqaror rivojlanish mexanizmi sifatida talqin etilishida namoyon
bo‘ladi. Mazkur maqola dissertatsiya tadqiqotining tarkibiy qismi bo‘lib, keyingi ekonometrik izlanishlar uchun nazariyuslubiy
asos yaratadi.
References
Davletov I.X. Qurilish iqtisodiyoti: o‘quv qo‘llanma. – Toshkent, 2019. – 256 b.
Abdusamatov B.K. Qurilishni tashkil etish va rejalashtirish: darslik. – Toshkent, 2023. – 274 b.
Xatamov O.Q. Ekonometrika asoslari: o‘quv qo‘llanma. – Qarshi, 2022. – 220 b.
Xodiev B.Yu., Shodiev T.Sh., Berkinov B.B. Ekonometrika: o‘quv qo‘llanma. – Toshkent, 2018. – 178 b.
Abdullaev O.M., Xodiev B.Yu., Ishnazarov A.I. Ekonometrika: darslik. – Toshkent, 2007. – 612 b.
Бузырев В.В. Экономика строительства: учебник. – Санкт-Петербург, 2009. – 410 с.
Кремер Н.Ш., Путко Б.А. Эконометрика: учебник. – Москва, 2010. – 328 с.
Елисеева И.И. и др. Эконометрика: учебник. – Москва, 2018. – 449 с.
Картаев Ф. Введение в эконометрику: учебник. – Москва, 2021. – 472 с.
Айвазян С.А., Мхитарян В.С. Прикладная статистика. Основы эконометрики. Т. 1: учебник. – Москва, 2001. –
с.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tuzilgan.
Downloads
Published
Issue
Section
License
Copyright (c) 2026 MUHANDISLIK VA IQTISODIYOT

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.