QURILISH SANOATIDA KORXONALARNI MOLIYALASHTIRISHNING NAZARIY KONSEPSIYALARI VA ZAMONAVIY YONDASHUVLARI
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.19464969Keywords:
qurilish sanoati, korxonalarni moliyalashtirish, nazariy konsepsiyalar, zamonaviy yondashuvlar, investitsiya, loyiha moliyalashtirishi, lizing, davlat-xususiy sheriklik, moliyaviy barqarorlikAbstract
Qurilish tarmog‘ining yuqori kapital sig‘imi, ishlab chiqarish jarayonlarining ko‘p bosqichliligi, investitsiya
qaytuvchanligining nisbatan uzoq muddatni qamrab olishi hamda bozor konyunkturasiga yuqori darajada bog‘liqligi
mazkur sohada moliyaviy resurslarni shakllantirish va ulardan samarali foydalanish masalalarini dolzarblashtiradi.
Ushbu maqolada qurilish sanoati korxonalarini moliyalashtirishning nazariy konsepsiyalari va zamonaviy yondashuvlari
ilmiy-nazariy jihatdan tadqiq etilgan. Shu nuqtayi nazardan, qurilish sanoati korxonalarini moliyalashtirishning iqtisodiy
mazmuni, uning institutsional xususiyatlari hamda moliyaviy mexanizmlarining amal qilish qonuniyatlarini aniqlash muhim
ahamiyat kasb etadi. Ilmiy maqolamizda tizimli yondashuv, qiyosiy tahlil, nazariy umumlashtirish, institutsional baholash
va iqtisodiy-mantiqiy tahlil usullaridan foydalanildi. Tahlillar natijasida qurilish sanoati korxonalarini moliyalashtirishda
an’anaviy manbalar, xususan, o‘z mablag‘lari, tijorat banklari kreditlari va to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar bilan bir qatorda,
loyiha moliyalashtirishi, lizing, korporativ qimmatli qog‘ozlar, davlat-xususiy sheriklik va raqamli moliyaviy instrumentlardan
samarali foydalanish zarurligi asoslab berilgan. Shuningdek, moliyalashtirishning zamonaviy yondashuvlari korxonalarning
moliyaviy barqarorligi, investitsion jozibadorligi, raqobatbardoshligi va innovatsion rivojlanish sur’atlariga bevosita ta’sir
ko‘rsatishi ochib berilgan. Maqolada qurilish sanoatida moliyalashtirish tizimini takomillashtirish, moliyaviy resurslar
tarkibini diversifikatsiya qilish, risklarni boshqarish mexanizmlarini kuchaytirish hamda sohada barqaror iqtisodiy o‘sishni
ta’minlashga qaratilgan ilmiy xulosalar va amaliy takliflar shakllantirilgan
References
Brealey R. A., Myers S. C., Allen F., Edmans A. Principles of Corporate Finance. 14th ed. McGraw Hill, 2022. 1056 p.
Ross S. A., Westerfield R. W., Jordan B. D. Fundamentals of Corporate Finance. 14th ed. McGraw Hill, 2024. 1024 p.
Brigham E. F., Ehrhardt M. C. Financial Management: Theory and Practice. 17th ed. Cengage Learning, 2023. 1200 p.
Damodaran A. Corporate Finance: Theory and Practice. 2nd ed. Wiley, 2001. 1008 p.
Yescombe E. R. Principles of Project Finance. 2nd ed. Academic Press, 2013. 578 p.
Fabozzi F. J., Modigliani F. Capital Markets: Institutions and Instruments. 4th ed. Prentice Hall, 2009. 680 p.
Stiglitz J. E., Weiss A. Credit Rationing in Markets with Imperfect Information // American Economic Review. 1981. Vol.
, No. 3. P. 393–410.
Rasulova Sh. G‘. Qurilish iqtisodiyoti: o‘quv qo‘llanma. JizPI, 2023. 213 b.
O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi O‘RQ-537-son Qonuni //
URL: https://lex.uz/uz/docs/-4329270
O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 25-dekabr “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisida”gi O‘RQ-598-son
Qonuni // URL: https://lex.uz/ru/docs/-4664142
O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi // URL: https://lex.uz/docs/-5307951
Downloads
Published
Issue
Section
License
Copyright (c) 2026 MUHANDISLIK VA IQTISODIYOT

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.