AYDAR-ARNASOY KO‘LLAR TIZIMINING SHAKLLANISH BOSQICHLARI VA ZAMONAVIY EKOLOGIK MUAMMOLARI
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.18950540Keywords:
Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi, suv balansi, minerallashuv, kollektor-drenaj suvlari, ekologik xavf omillari, gidroekologik bosqichlar, NDVI, suv tashlamalari.Abstract
Ushbu maqolada Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimining (AAKT) tarixiy shakllanishi hamda gidroekologik rivojlanish
bosqichlari ilmiy manbalar va statistik ma’lumotlar asosida tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, AAKT tabiiy
geologik evolyutsiya mahsuli emas, balki 1969-1970-yillarda Chordara suv ombori bilan bog‘liq gidrotexnik jarayonlar
ta’sirida shakllangan antropogen suv tizimi hisoblanadi. Tizim rivojlanishi oltita asosiy bosqichga ajratilib, har bir davrning
gidrologik, gidrokimyoviy hamda boshqaruv xususiyatlari izchil yoritilgan.
Grafik tahlillar natijasida 2009-yildan keyin suv yuzasi maydonining qisqarishi, 2010-yildan boshlab suv kirimining
kamayishi va bug‘lanish jarayonining ustunlik qilishi aniqlangan. 2000-2019-yillarda kollektor-drenaj suvlari dinamikasi
hamda Chordara suv tashlamalarining pasayish tendensiyasi ko‘l tizimi suv balansining beqarorlashayotganini ko‘rsatadi.
Sentinel-2 sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari asosida olingan NDVI ko‘rsatkichlari qirg‘oq zonalarida vegetatsiya qoplami
degradatsiyasi va sho‘rlanish jarayonlarining kuchayishini aks ettiradi.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, 2010-yildan hozirgi davrgacha bo‘lgan bosqich “suv resurslarining kamayishi va ekologik
xavf omillari kuchaygan davr” sifatida ilmiy jihatdan asoslangan. Maqolada AAKT barqarorligini ta’minlash maqsadida
integratsiyalashgan monitoring tizimini joriy etish, suv balansini muvofiqlashtirish hamda ekologik boshqaruv choralarini
takomillashtirish zarurligi ta’kidlangan.
References
Mahmudova, D. 2004. Aydar-Arnasoy suv tizimining suv resurslari dinamikasi // Central Asia Water Resources. - 1(1).
- B. 127-130.
Muminov, S., Poplavskiy, V. 2006. O‘zbekiston ko‘llari: foyda yoki zarar? // Ekologicheskiy vestnik. - № 3 (14-16).
Gorelkin, V. N., & Nikitin, A. M. (1976). Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimining suv balansi bo‘yicha tadqiqotlar. Toshkent:
O‘rta Osiyo gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot materiallari.
Ivanov, V. P., & Nikitin, A. M. (1978). Markaziy Osiyo ko‘llari va suv omborlarining gidrometeorologiyasi. Toshkent:
O‘rta Osiyo gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti nashri.
Kamilov, G. 1973. O‘zbekiston suv omborlarida baliq xo‘jaligini rivojlantirish. - Toshkent.
Kamilov, G., Urchinov, Z. 1995. O‘zbekistonda sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi ta’siri ostida baliq va baliqchilik. - Rim:
FAO.
Ryabsev, A. 2005. Xavflarni boshqarish: toshqinlar va qurg‘oqchilik, quyi hududlar uchun oqibatlar. - Markaziy
Osiyoning kelajak rivojlanishi uchun IVRM, Qozog‘iston.
Chembarasimov, E., Shamsiyev, F. 2007. Suv obyektlari holatini ekologik ko‘rsatkichlar asosida baholashning ko‘p
blokli kompleks usuli. - O‘zbekiston: Suv muammolari instituti.
Alikhanov, B. B. (2024). Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va iqlim
o‘zgarishiga moslashish masalalari bo‘yicha ilmiy ishlanmalar, maqolalar, publitsistik materiallar, ma’ruza va uslubiy
qo‘llanmalar (2010-2024 yy.). Toshkent: Central Asian Green University.
Zougmoré, R., Zida, Z., & Kambou, N. F. (2003). Role of nutrient amendments in the success of half-moon soil and
water conservation practice in semiarid Burkina Faso. Soil & Tillage Research, 71(2), 143-149. https://doi.org/10.1016/
S0167-1987(03)00050-3.
Derib, S. D., Assefa, T., Berhanu, B., & Zeleke, G. (2009). Impacts of micro-basin water harvesting structures in
improving vegetative cover in degraded hillslope areas of north-east Ethiopia. The Rangeland Journal, 31(2), 259-
https://doi.org/10.1071/RJ09012.
Tamagnone, P., Cea, L., Comino, E., & Rosso, M. (2020). Rainwater harvesting techniques to face water scarcity in
African drylands: Hydrological efficiency assessment. Water, 12(9), 2646. https://doi.org/10.3390/w12092646.
Tadros, M. J., Al-Mefleh, N. K., Othman, Y. A., & Al-Assaf, A. (2021). Water harvesting techniques for improving soil
water content and morpho-physiology of pistachio trees under rainfed conditions. Agricultural Water Management,
, 106464. https://doi.org/10.1016/j.agwat.2020.106464.
Partey, S. T., Zougmore, R. B., Ouedraogo, M., & Campbell, B. M. (2018). Developing climate-smart agriculture to face
climate variability in West Africa: Challenges and lessons learnt. Journal of Cleaner Production, 187, 285-295. https://
doi.org/10.1016/j.jclepro.2018.03.199.
Kannan, R., Dhivya, V., & Janani, T. S. K. (2021). Future perspective of seed ball technology for creating new
ecosystem. International Journal of Plant and Environment, 7(4), 293-296. https://doi.org/10.18811/ijpen.v7i04.9.
Sadullayeva, S. B. (2023). Effects of the Aydar-Arnasoy Lake System on changes in the vegetation of the Kyzylkum
Desert. Ekonomika i Sotsium, 3(106-2), 266-269.
Taylakov, A. A., Kulmatov, R. A., Khasanov, S. Z., & Khudoyberdieva, G. K. (2020). Development of a visual
programming algorithm for BIM models using the Dynamo module. Theoretical & Applied Science, 85(05), 23-34.
https://doi.org/10.15863/TAS.2020.05.85.6.
Taylaqov, A. A. (2022). Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi tabiiy resurslarini ekoturizmni rivojlantirish maqsadida zamonaviy
usullar yordamida baholash (PhD dissertation). Jizzakh Polytechnic Institute.
Tuynazarova, I. A., & Kalonov, S. S. (2022). Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimining biologik resurslaridan barqaror
foydalanishning zamonaviy muammolari. Eurasian Journal of Academic Research, 12(103-1), 967-973.
Downloads
Published
Issue
Section
License
Copyright (c) 2026 MUHANDISLIK VA IQTISODIYOT

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.