DUNYO SUG‘URTA KOMPANIYALARINING MOLIYAVIY HOLATI VA NATIJALARI TAHLILI

DUNYO SUG‘URTA KOMPANIYALARINING MOLIYAVIY HOLATI VA NATIJALARI TAHLILI

Authors

  • Baxodir Alimov

DOI:

https://doi.org/10.5281/zenodo.18922861

Keywords:

sug‘urta kompaniyalari, moliyaviy holat, moliyaviy natijalar, rentabellik va likvidlik, to‘lovga qodirlik, Merton modeli (Distance-to-Default), moliyaviy barqarorlik, global sug‘urta bozori, risklarni boshqarish, investitsion strategiyalar

Abstract

Ushbu maqola jahon sug‘urta kompaniyalarining moliyaviy holati va faoliyat natijalarini kompleks hamda
chuqur tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqot jarayonida 2020–2025-yillar oralig‘ida global sug‘urta bozorida faoliyat
yuritayotgan yetakchi kompaniyalarning asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlari — daromadlar, xarajatlar, foyda, aktivlar,
majburiyatlar hamda kapital tuzilmasi — batafsil o‘rganildi. Maqolada sug‘urta kompaniyalarining moliyaviy barqarorligi,
to‘lovga qodirligi, rentabellik va likvidlik ko‘rsatkichlari xalqaro miqyosda qiyosiy tahlil qilindi.
Shuningdek, tadqiqotda Merton modeli (Distance-to-Default) hamda boshqa moliyaviy barqarorlik indikatorlari asosida
sug‘urta kompaniyalarining moliyaviy risklarini baholash metodologiyasi ko‘rib chiqildi. Olib borilgan tahlillar jahon sug‘urta
bozoridagi asosiy rivojlanish tendensiyalarini aniqlash, kompaniyalar faoliyati samaradorligini oshirish hamda investitsion
qarorlar qabul qilish jarayonini takomillashtirishga xizmat qiladi.
Maqolada, shuningdek, COVID-19 pandemiyasi, global iqtisodiy jarayonlar, inflyatsiya darajasining o‘zgarishi hamda foiz
stavkalari dinamikasining sug‘urta kompaniyalari moliyaviy ko‘rsatkichlariga ta’siri ham tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari
sug‘urta kompaniyalarida strategik moliyaviy rejalashtirishni rivojlantirish, risklarni samarali boshqarish hamda kapitalni
oqilona taqsimlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga imkon beradi.
Mazkur maqola ilmiy va amaliy jihatdan muhim ahamiyatga ega bo‘lib, moliyaviy tahlil, sug‘urta bozori boshqaruvi hamda
investitsion strategiyalarni ishlab chiqish jarayonlarida foydalanish mumkin

Author Biography

Baxodir Alimov

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi
Loyihalarni boshqarish kafedrasi professori


References

BlackRock. Global Insurance Report 2025: Opportunity Amid Uncertainty – Embracing a More Flexible Approach. 21

October 2025. Available at: https://www.blackrock.com/ch/professionals/en/insights/global-insurance-report

Insurance Asia. Global insurance market to see fastest growth in 18 years. Available at: https://insuranceasia.com/

insurance/in-focus/global-insurance-market-see-fastest-growth-in-18-years

Marsh & McLennan Companies. Global Transactional Risk Insurance Claims Report 2025. Available at: https://www.

marsh.com

Global sug‘urta bozori hisobot ma’lumotlari asosida tadqiqotchi tomonidan ishlab chiqilgan statistik tahlillar.

Allianz SE kompaniyasining rasmiy moliyaviy hisobotlari asosida tadqiqotchi tomonidan tuzilgan hisob-kitoblar.

Alimov B.B. Investitsion loyihalar asosida O‘zbekiston yashil iqtisodiyotini rivojlantirish. Gospodarka i Innowacje, 2023,

№38, pp. 28–37.

Miralimovich A.M., Kholmurodovich S.D., Alimov B.B. Prospects for the development of the green economy based on

investment projects in cooperation with developed countries. Western European Journal of Modern Experiments and

Scientific Methods, 2023, Vol.1, No.2, pp. 19–31.

Alimov B.B. Investitsion loyihalarni monitoring qilish – biznesni samarali boshqarishning muhim omili. Boshqaruv va

Etika Qoidalari Onlayn Ilmiy Jurnali, 2023, Vol.3, No.2, pp. 72–76.

Alimov B.B. O‘zbekistonda yashil iqtisodiyotni rivojlantirish strategiyasi. Miasto Przyszłości, 2023, №37, pp. 175–184.

Downloads

Published

2026-03-01
Loading...