DAVLAT FUQAROLIK XIZMATIDA XOTIN-QIZLARNING BOSHQARUV KARYERASI: MOHIYATI, ZARURIYATI VA ILMIY-NAZARIY ASOSLARI

DAVLAT FUQAROLIK XIZMATIDA XOTIN-QIZLARNING BOSHQARUV KARYERASI: MOHIYATI, ZARURIYATI VA ILMIY-NAZARIY ASOSLARI

Authors

  • Feruzabonu Abduraxmonova

DOI:

https://doi.org/10.5281/zenodo.18719994

Keywords:

davlat fuqarolik xizmati, gender tenglik, kadrlar zaxirasi, xotin-qizlar boshqaruv karyerasi, institutsional mexanizm, kvotalar, monitoring va baholash, kompetensiya modeli

Abstract

Bugungi globallashuv va institutsional transformatsiyalar sharoitida davlat boshqaruvi sifatini oshirish,
barqaror rivojlanish hamda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni mustahkamlashda inson kapitalidan samarali foydalanish hal
qiluvchi omil bo‘lib bormoqda. Ushbu jarayonda xotin-qizlar jamiyatning yirik ijtimoiy-demografik qatlami sifatida nafaqat
iqtisodiy, balki boshqaruv resursi sifatida ham strategik ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, ko‘plab mamlakatlarda xotinqizlarning
qaror qabul qilish jarayonlaridagi ishtiroki yetarli darajada ta’minlanmagani, ularning rahbarlik lavozimlariga
ko‘tarilishi institutsional to‘siqlar, stereotiplar hamda imkoniyatlar tengsizligi bilan cheklanishi kuzatiladi. Bu holat davlat
boshqaruvi tizimida inklyuzivlikning susayishi, ijtimoiy adolat tamoyillarining zaiflashuvi va boshqaruv qarorlarining
sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Maqolada Birlashgan Millatlar Tashkilotining Gender tenglik va xotin-qizlar huquqlarini kengaytirish bo‘yicha tuzilmasi (UN
Women) hamda Parlamentlararo ittifoq (Inter-Parliamentary Union, IPU) ma’lumotlari asosida 2025–2026-yillardagi global
ko‘rsatkichlar tahlil qilinadi, shuningdek, O‘zbekiston misolida davlat fuqarolik xizmatida gender tenglikni kuchaytirishga
qaratilgan normativ-huquqiy baza va institutsional mexanizmlar yoritiladi.
Tadqiqot natijalariga tayangan holda “mahalla–tuman–viloyat–respublika” tizimida kompetensiyaga asoslangan seleksiya,
prognozlash–rejalashtirish va monitoring–baholash tizimini metodik asosda integratsiyalash bo‘yicha takliflar beriladi

Author Biography

Feruzabonu Abduraxmonova

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi
Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi mustaqil izlanuvchisi


References

Herodotus. The History of Herodotus. Transl. by G. C. Macaulay. — London: Macmillan, 1890. — Book I (“Clio”), Ch.

–214

Ruy Gonzalez de Clavijo. Narrative of the Embassy of Ruy Gonzalez de Clavijo to the Court of Timour at Samarcand,

A.D. 1403–6. — London: Printed for the Hakluyt Society, 1859. — P. 128

O‘zbekiston Respublikasi Hukumati partali // gov.uz

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati rasmiy sahifasi // senat.uz

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchili palatasi rasmiy sahifasi // parliament.uz

O‘zbekiston qonunchiligi rasmiy sahifasi // lex.uz

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Gender tenglik va xotin-qizlar huquqlarini kengaytirish bo‘yicha tuzilmasi rasmiy

sahifasi // unwomen.org

Downloads

Published

2026-02-01
Loading...