BOZOR IQTISODIYOTIDA ISH HAQI, FOYDA, FOIZ VA RENTA DAROMADLARI TAHLILI
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.18234274Keywords:
ish haqi, brutto ish haqi, netto ish haqi, mehnat bozori, foyda, dividend, foiz daromadi, renta, aksiyadorlik, tadbirkorlik daromadi, ijtimoiy daromadlar, pensiya va nafaqaAbstract
Mazkur maqolada aholi daromadlarining asosiy shakllari bo‘lgan ish haqi, foyda, foiz, renta hamda ijtimoiy
daromadlarning iqtisodiy mazmuni va shakllanish mexanizmlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda ish haqining brutto va netto
ko‘rinishlari, vaqtbay va ishbay to‘lash shakllari, shuningdek, ish haqi miqdoriga ta’sir etuvchi omillar yoritiladi. Foyda
tadbirkorlik faoliyatida tavakkalchilik va bozor kon’yunkturasi bilan bog‘liq kafolatlanmagan daromad sifatida izohlanadi.
Dividend daromadining aksiyadorlik faoliyati bilan uzviy bog‘liqligi, oddiy va imtiyozli aksiyalar bo‘yicha farqlari ochib
beriladi. Foiz daromadi kredit bozorida talab va taklif asosida shakllanuvchi daromad sifatida tahlil qilinadi. Renta
ko‘chmas va ishlab chiqarish vositalarini muqobil ishlatish natijasida olinadigan ortiqcha daromad sifatida yoritiladi.
Shuningdek, pensiya, nafaqa va stipendiya kabi ijtimoiy daromadlarning aholi farovonligini ta’minlashdagi o‘rni asoslab
beriladi. Maqola daromadlar tarkibini tushunish va iqtisodiy jarayonlarni baholashda nazariy hamda amaliy ahamiyatga
ega.
References
Abdulazizovich X.U. (2023). Moliyaviy aktivlar hisobini yuritishda xalqaro standartlar qoidalarini qo‘llash masalalari
[Ilmiy monografiya]. Toshkent.
Isomuxamedov A. (2025). Kichik biznes subyektlarida xarajatlar va daromadlar hisobini tashkil etish va tahlil qilish.
In “O‘zbekiston-2030: Innovatsiya, fan va ta’lim istiqbollari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
materiallari (Vol. 1, No. 2, pp. 65-67).
Keynes J.M. (1936). The general theory of employment, interest and money. London: Macmillan.
Mishkin F.S. (2019). The economics of money, banking and financial markets (12th ed.). Boston, MA: Pearson
Education.
Schumpeter J.A. (1934). The theory of economic development. Cambridge, MA: Harvard University Press.
Smith A. (1776). An inquiry into the nature and causes of the wealth of nations. London: W. Strahan & T. Cadell.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. (2023). O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Toshkent: O‘zbekiston.
Xolmirzayev U.A. (2023). Debitor qarzlarini aylanishi tahlilini takomillashtirish masalalari. [Ilmiy maqola].
Downloads
Published
Issue
Section
License
Copyright (c) 2026 MUHANDISLIK VA IQTISODIYOT

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.