TO‘QIMACHILIK SANOATIDA QIYMAT ZANJIRIDAGI CHEKLOVCHI OMIL INDEKSI
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.22363461Abstract
To‘qimachilik sanoati misolida qiymat zanjiri iqtisodiyoti nuqtayi nazaridan ketma-ket texnologik bosqichlardan
tashkil topgan sanoat zanjirining qayta ishlash chuqurligini o‘lchash muammosi tadqiq etilgan. Tadqiqotning maqsadi
mavjud kompozit indekslarni agregatlash usullarining qiymat zanjiri tuzilmasiga to‘liq mos kelmasligini asoslash hamda
zanjirdagi cheklovchi omilga sezgirlik parametrini zanjir bo‘g‘inlari sonidan analitik yo‘l bilan keltirib chiqarishga asoslangan
yangi agregatlash qoidasini ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqot jarayonida tola ekvivalenti konsepsiyasi, CRITIC va
entropiya asosidagi vaznlash usullarining kombinatsiyalangan qo‘llanilishi, shuningdek, cheklovchi omil qonuniyatiga
asoslangan geometrik agregatlash usulidan foydalanilgan. Natijalar boshlang‘ich xom ashyoga nisbatan hisoblangan
zanjir chuqurligi indeksi amaldagi tayyor mahsulot ulushidan 0,105 punktga yuqori ekanini ko‘rsatdi. Mazkur tafovut oraliq
bo‘g‘inlarning quyi bo‘g‘in bilan noto‘g‘ri tenglashtirilishi bilan izohlanadi. Cheklovchi omilga sezgirlik parametri λ = 1/(L
− 1) ko‘rinishida zanjir uzunligidan keltirib chiqarilgan bo‘lib, uning ixtiyoriy ravishda tanlanmaydigan, balki qiymat zanjiri
tuzilmasi asosida aniqlanadigan iqtisodiy miqdor ekanligi asoslangan. Olingan natijalar sanoat siyosatini baholashda tarmoqning
amaldagi holati bilan boshqaruv mexanizmi sifatini o‘zaro farqlash zarurligini ilmiy jihatdan asoslaydi.
Keywords
qiymat zanjiri iqtisodiyoti, kompozit indeks, cheklovchi omil, tola ekvivalenti, zanjir chuqurligi, obyektiv vaznlashReferences
UNIDO. Competitive Industrial Performance Report 2020. — Vienna: United Nations Industrial Development
Organization, 2020. — P. 12–24.
Balassa B. Trade Liberalisation and “Revealed” Comparative Advantage // The Manchester School. — 1965. — Vol.
, No. 2. — P. 99–123.
Hirschman A. O. The Paternity of an Index // The American Economic Review. — 1964. — Vol. 54, No. 5. — P.
–762.
Koopman R., Wang Z., Wei S.-J. Tracing Value-Added and Double Counting in Gross Exports // American Economic
Review. — 2014. — Vol. 104, No. 2. — P. 459–494.
Charnes A., Cooper W. W., Rhodes E. Measuring the Efficiency of Decision Making Units // European Journal of
Operational Research. — 1978. — Vol. 2, No. 6. — P. 429–444.
Shannon C. E. A Mathematical Theory of Communication // The Bell System Technical Journal. — 1948. — Vol. 27,
No. 3. — P. 379–423.
Zeleny M. Multiple Criteria Decision Making. — New York: McGraw-Hill, 1982. — P. 325–334.
Diakoulaki D., Mavrotas G., Papayannakis L. Determining Objective Weights in Multiple Criteria Problems: The CRITIC
Method // Computers & Operations Research. — 1995. — Vol. 22, No. 7. — P. 763–770.
Hwang C. L., Yoon K. Multiple Attribute Decision Making: Methods and Applications. — Berlin; Heidelberg: Springer-
Verlag, 1981. — P. 128–140.
Liebig J. Die organische Chemie in ihrer Anwendung auf Agricultur und Physiologie. — Braunschweig: Vieweg, 1840.
— S. 105–110.
OECD, European Commission, JRC. Handbook on Constructing Composite Indicators: Methodology and User Guide.
— Paris: OECD Publishing, 2008. — P. 27–34, 83–98.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 16-yanvardagi. “To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida qayta ishlash
zanjirini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF-6-son Farmoni: https://lex.uz/uz/docs/-7330228
O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlari [Elektron resurs]. — URL: https://stat.uz .
Downloads
Published
Issue
Section
License
Copyright (c) 2026 MUHANDISLIK VA IQTISODIYOT

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.

