O‘ZBEKISTON QISHLOQ XO‘JALIGIDA ORGANIK MEVA-SABZAVOTLAR YETISHTIRISH, SOTISH VA ISTE’MOL TIZIMIDAGI ASOSIY TO‘SIQ VA MUAMMOLAR

Authors

  • Dilnavoz Shavqidinova
  • Abror Mamasadikov

DOI:

https://doi.org/10.5281/zenodo.22329993

Abstract

Ushbu maqolada O‘zbekistonda organik meva-sabzavotlarni yetishtirish, ularni ichki va tashqi bozorda
sotish hamda aholi iste’moli bilan bog‘liq mavjud to‘siqlar tahlil qilinadi. Organik mahsulot yetishtirishga qiziqish oshib
borayotgan bo‘lsa-da, amalda fermer va dehqon xo‘jaliklari sertifikatlashtirish xarajatlari, tuproqni o‘tish davriga tayyorlash,
ishonchli biologik vositalarni topish, hujjatlarni yuritish va bozorga chiqish kabi muammolarga duch kelmoqda. Savdo
bosqichida organik mahsulotni oddiy mahsulotdan ajratib ko‘rsatish, iste’molchi ishonchini shakllantirish, alohida logistika
va savdo kanallarining kamligi ham sezilarli ta’sir qilmoqda. Iste’mol sohasida esa narx, axborot yetishmasligi va “organik”
atamasidan turlicha foydalanish muammosi saqlanib turibdi. Maqolada huquqiy hujjatlar, xalqaro tashkilotlar materiallari
va organik qishloq xo‘jaligiga oid ilmiy manbalar tahlil qilindi. Organik mahsulotlar qiymat zanjiri ishlab chiqarish, sertifikatlashtirish,
sotish va iste’mol bosqichlariga ajratilib o‘rganildi. Mualliflik tahlili asosida muammolarning o‘zaro bog‘liqligi
ochib berildi hamda ularning fermer va iste’molchi qarorlariga ta’siri baholandi

Keywords

organik qishloq xo‘jaligi, organik meva-sabzavotlar, sertifikatlashtirish, fermer, iste’molchi, organik bozor, eksport, qiymat zanjiri, marketing, agrar muammolar

Author Biographies

Dilnavoz Shavqidinova

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti
Iqtisodiyot kafedrasi katta o‘qituvchisi

Abror Mamasadikov

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti
Iqtisodiyot kafedrasi katta o‘qituvchisi

Downloads

Published

2026-07-01
Vol. 4 No. 7 (2026): «Muhandislik va Iqtisodiyot» jurnali 7-son