ASINXRON MOTORLARNING NOSIMMETRIK REJIMLARINI NAZORAT QILISH VA BOSHQARISH TIZIMLARI UCHUN EKSPERIMENTAL TADQIQOTLAR METODIKASINI ISHLAB CHIQISH
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.20607602Keywords:
asinxron motor, nosimmetrik ish rejimi, kuchlanish nosimmetriyasi, eksperimental metodika, monitoring, nazorat tizimi, boshqaruv algoritmi, simmetrik tashkil etuvchilar, energiya samaradorligi, elektr yuritmaAbstract
Uch fazali asinxron motorlarning nosimmetrik ish rejimlarida faoliyat yuritishi ularning texnik holati, energiya
samaradorligi va ekspluatatsion ishonchliligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatuvchi muhim omillardan biri hisoblanadi. Elektr ta’minoti
tizimlarida fazalararo kuchlanish nosimmetriyasi hamda yuklamalarning notekis taqsimlanishi kuzatiladigan sharoitlarda
motorlarning barqaror va samarali ishlashini ta’minlash dolzarb ilmiy-amaliy vazifalardan biridir. Mazkur tadqiqotning
maqsadi nosimmetrik ish rejimlarida asinxron motorlarni nazorat qilish va boshqarish tizimlari eksperimentlarini amalga
oshirish uchun zamonaviy eksperimental metodikani ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqot doirasida uch fazali asinxron motor asosida laboratoriya eksperimental stendi shakllantirilib, faza kuchlanishlari,
toklar, aylanish tezligi, harorat hamda energiya ko‘rsatkichlarini real vaqt rejimida monitoring qilish yondashuvi ishlab
chiqildi. Nosimmetriya darajasini baholashda simmetrik tashkil etuvchilar usuli va kuchlanish nosimmetriyasi koeffitsiyenti
asosida kompleks tahlil amalga oshirildi. Shuningdek, aniqlangan nosimmetriya darajasiga mos ravishda ogohlantirish
hamda himoya boshqaruv qarorlarini shakllantirishga xizmat qiluvchi algoritmik yondashuv taklif etildi.
Ishlab chiqilgan eksperimental metodika nosimmetrik rejimlarning asinxron motorlarning samaradorligi, qizish jarayonlari
va energiya ko‘rsatkichlariga ta’sirini aniq baholash imkonini beradi. Natijalar sanoat elektr yuritmalarida monitoring, diagnostika
va himoya tizimlarini yanada takomillashtirish, ularning ishonchliligi va energiya samaradorligini oshirish uchun
amaliy asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
References
Lee, C.-Y., Chen, B.-K., Lee, W.-J., Hsu, Y.-F. (1998). Effects of Various Unbalanced Voltages on the Operation
Performance of an Induction Motor under the Same Voltage Unbalance Factor Condition. Electric Power Systems
Research, 47(3), 153–163. DOI: 10.1016/S0378-7796(98)00035-2.
Lee, C.-Y. (1999). Effects of Unbalanced Voltage on the Operation Performance of a Three-Phase Induction Motor.
IEEE Transactions on Energy Conversion, 14(2), 202–208. DOI: 10.1109/60.766984.
Wang, Y.-J. (2001). Analysis of Effects of Three-Phase Voltage Unbalance on Induction Motors with Emphasis on the
Angle of the Complex Voltage Unbalance Factor. IEEE Transactions on Energy Conversion, 16(3), 270–275. DOI:
1109/60.937207.
Pillay, P., Hofmann, P., Manyage, M. (2002). Derating of Induction Motors Operating with a Combination of Unbalanced
Voltages and Over- or Undervoltages. IEEE Transactions on Energy Conversion, 17(4), 485–491.
Faiz, J., Ebrahimpour, H., Pillay, P. (2004). Influence of Unbalanced Voltage on the Steady-State Performance of a
Three-Phase Squirrel-Cage Induction Motor. IEEE Transactions on Energy Conversion, 19(4), 657–662.
Beleiu, H.G., et al. (2022). Effects of Voltage Unbalance and Harmonics on Drive Systems. Journal of Vibroengineering.
Cummings, P.B., Dunki-Jacobs, J.R., Kerr, R.H. (1985). Protection of Induction Motors Against Unbalanced Voltage
Operation. IEEE Transactions on Industry Applications, IA-21(4), 778–792.
IEC 60034-26. (2002). Rotating Electrical Machines – Part 26: Effects of Unbalanced Voltages on the Performance of
Three-Phase Induction Motors. International Electrotechnical Commission (IEC).
NEMA MG 1. (2002). Motors and Generators – Effects of Unbalanced Voltages on the Performance of Polyphase
Induction Motors. National Electrical Manufacturers Association (NEMA)
Downloads
Published
Issue
Section
License
Copyright (c) 2026 MUHANDISLIK VA IQTISODIYOT

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.