O‘zbеkistоn Respublikasi tijоrаt bаnklаri krеditlаsh amaliyotining mе’yоriу jihаtlаri vа huquqiy аsоslаri
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.17080362Keywords:
tijorat banklari, kreditlash mexanizmi, me’yoriy hujjatlar, huquqiy asoslar, kredit shartnomasi, garov, kredit riski, Markaziy bank, Basel III, IFRS, moliyaviy nazorat, bank qonunchiligiAbstract
Ushbu ilmiy ishda O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining kreditlash faoliyatini tartibga soluvchi
me’yoriy-huquqiy hujjatlar, qonunchilik asoslari va amaliyotdagi mavjud mexanizmlar tizimli ravishda tahlil etilgan.
Kreditlash jarayonida banklar uchun asos bo‘luvchi normativ-huquqiy baza, xususan, “Banklar va bank faoliyati
to‘g‘risida”gi Qonun, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qarorlari, kredit siyosatini shakllantirish bo‘yicha ichki
tartib-qoidalar hamda xalqaro moliyaviy me’yorlarga (IFRS, Basel III) moslashtirish jarayonlari o‘rganilgan. Tadqiqot
davomida tijorat banklarining kredit berish vakolati, qaror qabul qilish tartibi, kredit shartnomalarining yuridik kuchi, garov
va ta’minot mexanizmlari, kredit risklarini boshqarish hamda muammoli kreditlarni huquqiy jihatdan qayta tiklash amaliyoti
tahlil qilingan. Shuningdek, tijorat banklari faoliyatiga tegishli huquqiy-hisobot majburiyatlari, kredit portfeli monitoringi va
moliyaviy intizomni ta’minlovchi nazorat mexanizmlari ko‘rib chiqilgan. Ushbu tadqiqot natijalari asosida O‘zbekistonda
kreditlash mexanizmining normativ-huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish, xalqaro standartlarga uyg‘unlashtirish va
tijorat banklarining huquqiy muhitda samarali faoliyat yuritishini ta’minlash bo‘yicha ilmiy hamda amaliy tavsiyalar ishlab
chiqilgan.
References
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, 2023.
O‘zbekiston Respublikasining “Markaziy bank to‘g‘risida”gi Qonuni. – Qabul qilingan sana: 1995-yil, oxirgi tahriri 2020-
yil.
O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni. – 2005-yil, O‘zbekiston Respublikasi
Qonun hujjatlari to‘plami.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2023-yil va 2024-yillardagi kredit siyosati bo‘yicha normativ-huquqiy
hujjatlari (nizomlar, qarorlar va tavsiyalar).
Xalqaro valyuta jamg‘armasi (IMF). Financial Soundness Indicators Compilation Guide. – Washington D.C.: IMF
Publications, 2021.
Jahon banki (World Bank). Banking Regulation and Supervision Survey. – Washington D.C.: World Bank Group, 2022.
European Banking Authority (EBA). Guidelines on Loan Origination and Monitoring. – Paris: EBA Publications, 2021.
Turonbank ATB yillik moliyaviy hisobotlari va kredit portfeli tahlillari. – Toshkent: Turonbank ATB, 2023–2024 yillar.
Axmedov A.X., Karimov B.B. Bank ishi: O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: “Iqtisodiyot” nashriyoti, 2022.
Mamatqulov O., Soliyev A. Banklar va moliyaviy bozorlar: Nazariya va amaliyot. – Toshkent: Ilm-Ziyo, 2023
Downloads
Published
Issue
Section
License
Copyright (c) 2025 MUHANDISLIK VA IQTISODIYOT

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.