O‘zbekistonda inson kapitali raqamli transformatsiya sharoitida: muammolar, imkoniyatlar va strategik yechimlar
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15798641Keywords:
inson kapitali, raqamli transformatsiya, raqamli savodxonlik, masofaviy ta’lim, AKT bandligi, gender tafovuti, hududiy nomutanosiblik, innovatsion muhit, strategik rivojlanishAbstract
Ushbu maqolada raqamli transformatsiya sharoitida O‘zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish
jarayonlari, ularning tarkibiy omillari va amaliy muammolari tahlil qilindi. Tadqiqotda raqamli infratuzilma
holati, masofaviy ta’lim imkoniyatlari, AKT sohasida bandlik darajasi hamda raqamli savodxonlik
ko‘rsatkichlari asosida inson kapitalining sifati va rivojlanishi o‘rganildi. “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi
doirasida qabul qilingan tashabbuslar va ularning ta’lim, malaka va iqtisodiy imkoniyatlarga ta’siri baholanadi.
Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekistonda inson kapitalini raqamli transformatsiyaga mos tarzda shakllantirish bo‘yicha
sezilarli ijobiy harakatlar mavjud bo‘lsa-da, hududlararo raqamli tengsizlik, gender tafovuti, malakali kadrlar yetishmovchiligi
va mehnat bozori bilan integratsiya yetarli emas. Maqolada mavjud siyosiy va institutsional choralar bilan bir
qatorda, zamonaviy iqtisodiy sharoitlarga mos inson kapitali modelini yaratish zarurligi asoslab beriladi
References
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali
amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 5-oktabrdagi PF–6079-son Farmoni. https://lex.uz/docs/-5030957
2. Barro, R. & Lee, J. (2013). A New Data Set of Educational Attainment in the World, 1950–2010. Journal of Development
Economics, 104, 184–198.
3. Abduvoxidov, A., & Kamilova, S. (2023). Inson kapitali va iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishini tadqiq etishdagi
yondashuvlar. Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil. https://doi.org/10.60078/2992-877X-2023-vol1-iss4-pp12-21
4. Akramova, Sh. G. (2019). Oʻzbekistonda innovatsion iqtisodiyot shakllanishi sharoitida inson kapitalini rivojlantirish.
Iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. – Toshkent.
5. Oʻzbekistonning raqamli iqtisodiyoti: Raqamli tadbirkorlik va sunʼiy intellekt holati, 2025.
6. Infocom. (2024). Oʻzbekistonning AKT xizmatlari sohasidagi eksport salohiyatini oʻrganish.
7. World Bank. (2023). Digital Economy Diagnostic: Uzbekistan Country Report. Washington, D.C.
8. “One Million Uzbek Coders” dasturi rasmiy sahifasi: https://uzbekcoders.uz
Downloads
Published
Issue
Section
License
Copyright (c) 2025 MUHANDISLIK VA IQTISODIYOT

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.