Splayn modellarning gidrogeologik ma’lumotlarni tiklashdagi ahamiyati va ularning samaradorligini baholash
##plugins.pubIds.doi.readerDisplayName##:
https://doi.org/10.5281/zenodo.14540059Ключевые слова:
matematik model, Splayn modeli, yer osti suvlarining manbasi, quduqlar, gidrodinamik ko‘rsatkichlar, depressiya konusiАннотация
Gidrogeologik ma’lumotlarni tiklash gidrogeologiya sohasida tadqiqotlar va muhandislik
ishlanmalari uchun zarur va ishonchli ma’lumotlarni taqdim etuvchi muhim jarayondir. Odatda,
yer osti suvlarining holatini o‘rganishda kuzatuv, sug‘orish va sanoat hududlarida joylashgan
quduqlardan foydalaniladi. Ushbu quduqlardan olingan ma’lumotlar ko‘pincha o‘xshash bo‘lishiga
qaramay, ularni yig‘ish usullari va vaqtlari har xil bo‘ladi. Bundan tashqari, aniq reja asosida uzluksiz
ma’lumot yig‘ishning yo‘qligi hududning gidrogeologik holatini baholashda mutaxassislarga jiddiy
qiyinchiliklar tug‘diradi.
Ushbu muammolarni hal qilish uchun hozirda turli matematik modellashtirish usullari qo‘llaniladi.
Biroq, ushbu usullarning jiddiy kamchiliklari mavjud bo‘lib, bu sohada qo‘shimcha tadqiqotlarni
zarur qiladi. Biz taklif qilayotgan nodal nuqtalardan mustaqil Splayn modeli mazkur kamchiliklardan
xoli samarali yechimdir. Ushbu ishda modelni tuzish jarayoni va eksperimental qiymatlar asosida
ma’lumotlarni tiklash usullari batafsil yoritilgan. Shuningdek, mavjud modellar bilan taqqosiy tahlillar
grafik va jadval shakllarida keltirilgan.

Опубликован
Выпуск
Раздел
Лицензия
Copyright (c) 2024 MUHANDISLIK VA IQTISODIYOT

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.