MIS ISHLAB CHIQARISH SHLAKLARINI FLOTATSION BOYITISH JARAYONI CHIQINDILARINI ISHQORIY MUHITDA KUYDIRISHNING TERMODINAMIK KO‘RSATKICHLARINI TADQIQ ETISH
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.24082776Abstract
Maqolada mis ishlab chiqarish shlaklarini flotatsion boyitish jarayonida hosil bo‘ladigan chiqindilarni natriy gidroksid ishtirokida termik kuydirish jarayonining termodinamik qonuniyatlari tadqiq etilgan. Chiqindi tarkibidagi temir, kalsiy va alyuminiy silikatlarining NaOH bilan o‘zaro ta’sirlashuvi natijasida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan sakkizta kimyoviy reaksiya tanlab olinib, ular uchun Gibbs erkin energiyasining haroratga bog‘liqlik tenglamalari tuzilgan. Reaksiyalarning termodinamik jihatdan sodir bo‘lish ehtimoli 298–1023 K harorat oralig‘ida hisoblangan qiymatlar asosida qiyosiy tahlil qilingan. Natijalar natriy silikat va natriy ortosilikat hosil bo‘lishi bilan kechadigan reaksiyalar termodinamik jihatdan maqbul ekanligini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, kislorodli muhitda natriy ferrit hosil bo‘lish ehtimoli aniqlanib, mazkur jarayonning keyingi gidrometallurgik bosqichlarda temirni ajratib olishga ta’siri baholangan. Termodinamik hisoblashlar asosida ishqoriy termik faollashtirish uchun 300–350 °C harorat oralig‘i texnologik jihatdan maqsadga muvofiq deb belgilangan. Olingan natijalar mis ishlab chiqarish shlaklarini flotatsion boyitish chiqindilarini kompleks qayta ishlashning dastlabki bosqichini ilmiy jihatdan asoslashga xizmat qiladi.Keywords
mis ishlab chiqarish shlaklari, flotatsion boyitish chiqindilari, natriy gidroksid, ishqoriy termik faollashtirish, fayalit, Gibbs erkin energiyasi, termodinamik tahlil, natriy silikat, natriy ferrit, kimyoviy reaksiya, optimal haroratReferences
Askarova, N. M. (2026). Comprehensive Analysis of Ferrous Industrial Waste and Prospects for Expanding the Secondary Raw Material Base / N. M. Askarova. International Journal of Scientific Bulletin, 3(1), 10–17.
Askarova, N. M. (2025). Gidrolizlashdan olingan temir (II)-gidroksidi cho‘kmasidan gematit olish jarayonining termodinamikasi va kinetikasi / N. M. Askarova, O. N. Boltayev, S. T. Hojiyev, N. E. Axmedova. Development of Science, 9(2).
Askarova, N. M. (2022). Boyitilgan Angren ko‘mir koni kaolinidan alyuminiy va kremniy oksidlarini olish imkoniyatlari / N. M. Askarova, N. E. Ahmedova. Research and Education, 1(2).
Askarova, N. M. (2025). Temir oksidli pigment olishning zamonaviy usullarini o‘rganish va tahlil qilish / N. M. Askarova, N. E. Axmedova. Development of Science, 6(2).
Askarova, N. (2025). Temir oksidli pigmentlarning ishlab chiqarish manbalari va jahon bozoridagi rivojlanish tendensiyalari / N. Askarova, N. Axmedova. Muhandislik va Iqtisodiyot, 3(9). https://doi.org/10.5281/zenodo.17107783
Axmedova, N. E. (2025). Analysis of Technogenic Waste from Iron-Containing Metallurgical Production Processes / N. E. Axmedova. Innovation Science and Technology, 1(9), 45–50. https://doi.org/10.5281/zenodo.17448081
Busolic, D. (2011). Recovery of Iron from Copper Flash Smelting Slags / D. Busolic et al. Mineral Processing and Extractive Metallurgy, 120(1), 32–36. https://doi.org/10.1179/037195510X12772935654945
Gyurov, S. (2017). Technological Scheme for Copper Slag Processing / S. Gyurov et al. International Journal of Mineral Processing, 158, 1–7. https://doi.org/10.1016/j.minpro.2016.11.008
Li, J. (2022). Alkaline Leaching of Copper Smelting Slag Beneficiation Tailings for Iron–Silicon Separation and Utilization / J. Li, Y. Ju, M. Sun. Nonferrous Metals (Extractive Metallurgy), (7), 20–23.
Matkarimov, S. (2024). Thermodynamics of Carbothermal Reduction Process Copper Slag / S. Matkarimov et al. Journal of Chemical Technology and Metallurgy, 59(5). https://doi.org/10.59957/jctm.v59.i5.2024.23
Miganei, L. (2017). New Residue-Free Processing of Copper Slag from Smelter / L. Miganei et al. Journal of Cleaner Production, 164, 534–542. https://doi.org/10.1016/j.jclepro.2017.06.209
Samadov, A. (2024). [Maqola nomi taqdim etilmagan] / A. Samadov, N. Askarova, R. Toshkodirova, N. Akhmedova, O. Boltayev, K. Mirzayev, A. Kambarov. E3S Web of Conferences, 524. https://doi.org/10.1051/
Downloads
Published
Issue
Section
License
Copyright (c) 2026 MUHANDISLIK VA IQTISODIYOT

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.

