MAHALLIY BYUDJETLAR DAROMADLARI BARQARORLIGINI TAʼMINLASH MASALALARI
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.24054171Abstract
Mazkur maqolada mahalliy byudjetlar daromadlari barqarorligini oshirishning moliyaviy-iqtisodiy mexanizmlari, ularning shakllanishiga taʼsir etuvchi fiskal, institutsional va tashkiliy-iqtisodiy omillar hamda hududlarning soliq salohiyatidan samarali foydalanish masalalari kompleks tadqiq etilgan. Tadqiqotda mahalliy byudjetlarning daromad bazasini mustahkamlash, soliq tushumlarining barqarorligini taʼminlash, yashirin soliq bazasini aniqlash va soliqlar yigʻiluvchanligini oshirishga qaratilgan ilmiy-uslubiy yondashuvlar asoslangan. Xususan, jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soliqlari tushumlarining muayyan qismini mahalla byudjetlariga yoʻnaltirish orqali mahalliy darajada soliq tushumlarini koʻpaytirishdan manfaatdorlikni kuchaytirish hamda qoʻshimcha soliq manbalarini aniqlashni ragʻbatlantirish mexanizmi yoritilgan. Shuningdek, hududiy soliq va kadastr organlari faoliyatini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish, ayrim xarajatlarni tegishli mahalliy byudjetlar hisobidan moliyalashtirish orqali hududiy boshqaruv organlarining fiskal masʼuliyatini kuchaytirish, byudjet mablagʻlaridan foydalanish samaradorligini oshirish va xarajatlarni optimallashtirish imkoniyatlari ilmiy jihatdan asoslangan. Maqolada norasmiy bandlikni qisqartirish, yangi ish oʻrinlarini rasmiylashtirish hamda qoʻshimcha roʻyxatga olingan soliq toʻlovchilardan undiriladigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi tushumlarining bir qismini mahalla byudjetlarida qoldirish asosida hududlarning daromad manbalarini kengaytirish mexanizmi taklif etilgan. Tadqiqot doirasida 2020-2024-yillarda mol-mulk va yer soliqlari boʻyicha hisoblangan summalar, soliq tushumlari yigʻiluvchanligi, hududiy boshqaruv xarajatlari hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi koʻrsatkichlari qiyosiy va iqtisodiy-statistik usullar asosida tahlil qilingan. Olingan natijalar mahalliy byudjetlarning daromad salohiyatini oshirish, soliq maʼmurchiligini takomillashtirish, hududiy moliyaviy manfaatdorlikni kuchaytirish va mahalliy byudjetlar moliyaviy barqarorligini taʼminlashga qaratilgan ilmiy-amaliy takliflarni shakllantirish imkonini beradi.Keywords
mahalliy byudjet, mahalliy byudjetlar daromadlari, byudjet daromadlari barqarorligi, moliyaviy-iqtisodiy mexanizmlar, mahalliy byudjetlarning daromad bazasi, moliyaviy mustaqillik, fiskal barqarorlik, hududiy soliq salohiyati, soliq siyosati, soliq maʼmurchiligi, soliq bazasini kengaytirish, yashirin soliq bazasi, soliqlar yigʻiluvchanligi, jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻi, jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻi, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi, mahalla byudjeti, hududiy moliyaviy manfaatdorlik, soliq va kadastr organlari, byudjet xarajatlarini optimallashtirish, norasmiy bandlik, bandlikni rasmiylashtirish, qoʻshimcha soliq tushumlari, byudjet mablagʻlaridan foydalanish samaradorligi, hududiy rivojlanish, iqtisodiy-statistik tahlilReferences
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi «2022–2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida» PF-60-son Farmoni. https://lex.uz/docs/-5841063
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-dekabrdagi «“Mahalla byudjeti” tizimini joriy etish orqali mahallalarning moliyaviy imkoniyatini yanada kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida» PQ-458-son qarori. https://lex.uz/docs/-6326672
Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi «2024-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida» OʻRQ-886-son Qonuni. https://lex.uz/docs/-6707765
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2024-yil 14-mart kuni Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishi materiallari. «Prezident: Bu yil iqtisodiyotimizda hayotiy uygʻonish va yuksalish yili boʻladi». – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti, 14.03.2024. https://president.uz/ oz/lists/view/7087
Musgrave, R. A. (1959). The Theory of Public Finance: A Study in Public Economy. McGraw-Hill.
Oates, W. E. (1972). Fiscal Federalism. Harcourt Brace Jovanovich.
Tiebout, Ch. M. (1956). A Pure Theory of Local Expenditures. Journal of Political Economy, 64(5), 416–424. https://doi.org/10.1086/257839
Bahl, R., & Bird, R. M. (2008). Subnational Taxes in Developing Countries: The Way Forward. Public Budgeting & Finance, 28(4), 1–25. https://doi.org/10.1111/j.1540-5850.2008.00914.x
Shah, A. (2007). (ed.). Local Budgeting. The World Bank.
Boadway, R. W., Roberts, S. S., & Shah, A. M. (1994). Fiscal Federalism: Dimensions of Tax Reform in Developing Countries. The World Bank.
Alm, J., Martinez-Vazquez, J., & Schneider, F. (2004). Sizing the Problem of the Hard-to-Tax. Contributions to Economic Analysis, 268, 11–75. https://doi.org/10.1016/S0573-8555(04)68802-X
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-dekabrdagi PQ-458-son «“Mahalla byudjeti” tizimini joriy etish orqali mahallalarning moliyaviy imkoniyatini yanada kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori. — 1-band, 3-band va ilova.
Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-886-son «2024-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida»gi Qonuni. — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi. URL: https://lex.uz/docs/-6707765.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2024-yil 14-mart kuni Sayxunobod tumanida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishi boʻyicha rasmiy axborot. «Prezident: Bu yil iqtisodiyotimizda hayotiy uygʻonish va yuksalish yili boʻladi». – 14.03.2024. https://president.uz/oz/lists/view/7087.
Downloads
Published
Issue
Section
License
Copyright (c) 2026 MUHANDISLIK VA IQTISODIYOT

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.

