O‘ZBEKISTONDA OLIY TA’LIM XIZMATLARI SAMARADORLIGINI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ORQALI TA’MINLASHNING MILLIY XUSUSIYATLARI

Authors

  • Marg‘uba Muratovna Masaidova Andijon davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi

DOI:

https://doi.org/10.5281/zenodo.23733974

Abstract

Mazkur maqolada O‘zbekistonda oliy ta’lim xizmatlari samaradorligini raqamli texnologiyalar orqali ta’minlashning milliy xususiyatlari tizimli tahlil qilingan. Raqamli iqtisodiyot sharoitida oliy ta’lim xizmatlari samaradorligining moddiy-texnik resurslarga, professor-o‘qituvchilar salohiyatiga, ta’lim jarayonlarining raqamli muhitga integratsiyalashuviga, elektron xizmatlarning qulayligiga hamda boshqaruvda ma’lumotlardan foydalanish darajasiga bog‘liqligi asoslangan. O‘zbekiston oliy ta’limida raqamlashtirishga oid ilmiy yondashuvlarning dastlab masofaviy ta’lim va o‘quv jarayoni uzluksizligini ta’minlashga qaratilgani, keyinchalik esa raqamli kompetensiyalar, platformaviy integratsiya, elektron boshqaruv va ma’lumotlarga asoslangan qaror qabul qilish mexanizmlarini ham qamrab olgani yoritilgan. Tadqiqot natijasida institutsional raqamlashtirish, platformaviy integratsiya, raqamli inson kapitali, gibrid ta’lim muhiti, ma’lumotlarga asoslangan boshqaruv va foydalanuvchiga yo‘naltirilgan xizmatlarni birlashtiruvchi milliy modelning tarkibiy tuzilishi ishlab chiqilgan. Shuningdek, raqamlashtirishning huquqiy-institutsional asoslari tahlil qilinib, uning samaradorligini raqamli vositalar soni bilan emas, balki texnologiyalar yaratgan qo‘shimcha qiymat orqali baholash zarurligi asoslangan.

Keywords

raqamli iqtisodiyot, oliy ta’lim xizmatlari, samaradorlik, raqamli transformatsiya, institutsional raqamlashtirish, platformaviy integratsiya, raqamli inson kapitali, gibrid ta’lim, ma’lumotlarga asoslangan boshqaruv, elektron xizmatlar, raqamli kompetensiyalar, huquqiy-institutsional asoslar, milliy model

References

Jumaniyazov, U. I. (2023). Oliy ta’lim tizimini raqamlashtirish ta’lim sifatini samarali boshqarishning zamonaviy mexanizmi sifatida. Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar, 11(6). https://doi.org/10.55439/

Jukovskaya, I. E. (2022). Tsifrovye platformy – vajnyy aspekt tsifrovizatsii vysshego obrazovaniya. Otkrytoe obrazovanie, 26(4), 30–40. https://doi.org/10.21686/1818-4243-2022-4-31-40

Mamatova, G. D. (2023). Tsifrovoy universitet: strategiya sozdaniya umnoy infrastruktury v vysshix uchebnyx zavedeniyax Uzbekistana. Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar, 11(4), 296–312.

Shadibekova, D. A. (2022). Digital Transformation of University Education in Uzbekistan. International Journal of Artificial Intelligence and Education Technology, 1(2). https://doi.org/10.54216/IJAIET.010204

Ubaydullaeva, L. Sh. (2021). Digital Transformation of the Education in the Republic of Uzbekistan. International Conference “Science of the 21st Century: Society and Digitalization”: Conference Proceedings, 114–116. https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-society-digitalization.8895

Downloads

Published

2026-09-01
Vol. 4 No. 9 (2026): «Muhandislik va Iqtisodiyot» jurnali 9-son