NASOS STANSIYALARI ISHINI OPTIMAL BOSHQARISH MASALASINI CHEKLI ELEMENTLAR USULI BILAN YECHISH (2-JIZZAX NASOS STANSIYASI MISOLIDA)

Authors

  • Mamatqobil Nurmamatovich Esonturdiyev Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti oʻqituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.5281/zenodo.23731256

Abstract

Yirik magistral nasos stansiyalarida parallel ishlovchi har xil turdagi nasos agregatlari va katta diametrli bosimli quvurlarning murakkab topologiyasi sharoitida elektr energiyasini tejash dolzarb ilmiy-amaliy masala hisoblanadi. Anʼanaviy bir oʻlchamli gidravlik hisoblashlar 2-Jizzax nasos stansiyasi (2-JNS) kabi murakkab tarmoqlangan bosimli tizimlarda mahalliy uyurmalar, bir jinsli boʻlmagan tezlik profillari va tarmoqlararo bosim tebranishlarini yetarli aniqlikda aks ettira olmaydi. Ushbu maqolada 2-JNS uchun ikkita parallel ishlovchi bosimli nasos hamda sozlanuvchi aylanuvchi kuraklar burchagini hisobga oluvchi, ikki oʻlchamli gidrodinamik sayoz suv tenglamalariga asoslangan chekli elementlar usuli modeli tuzildi. Energiya sarfini minimallashtirish mezoni asosida chastotali rostlash (VFD) va kuraklar burchagini boshqarishning kombinatsiyalashgan chiziqsiz optimallashtirish algoritmi shakllantirildi. Ikki oʻlchamli chekli elementlar usuli yordamida quvurlardagi haqiqiy bosim yoʻqotishlari va dinamik qarshiliklar hisoblandi. Nasoslarning sozlanuvchi kuraklari burchagi hamda optimal aylanishlar sonini uygʻun boshqarish orqali suv uzatish rejimlarida energiya sarfi anʼanaviy boshqaruvga nisbatan oʻrtacha 13,9 % ga qisqardi. Ishlab chiqilgan ikki oʻlchamli chekli elementlar usuliga asoslangan matematik model, hisoblash algoritmi va boshqaruv blok-sxemasi 2-Jizzax nasos stansiyasining avtomatlashtirilgan SCADA tizimiga bevosita tatbiq etish uchun nazariy va texnologik asos boʻlib xizmat qiladi.

Keywords

2-Jizzax nasos stansiyasi, ikki oʻlchamli chekli elementlar usuli (ChEU), Galerkin sxemasi, geometrik koʻtarish balandligi, sozlanuvchi kuraklar, energiya tejamkorligi, SCADA

References

Marchi, P., & Simpson, A. R. (2019). Two-dimensional hydrodynamic modeling and energy optimization of complex water intake structures. Journal of Water Resources Planning and Management, 145(4), 04019008.

Seytov, A., Abduraxmonov, O., Anvarov, D., Esonturdiyev, M., & Jumabaev, A. (2025). Numerical implementation of optimal water resource management problems in open channels using Python. Uzbek Mathematical Journal 2025, Volume 69, Issue 1, pp.133-140 DOI: 10.29229/uzmj.2025-1-13. 10.29229/uzmj.2025-1-13. https://doi.org/10.29229/uzmj.2025-1-13

Эсонтурдиев, Маматқобил Нурмаматович. “Algorithms for Clarification of the Operating Modes of Channel Sections in the Management of Water Resources in Channel Irrigation Systems.” Вестник КРАУНЦ. Физико-математические науки 44.3 (2023): 121-129.

Karimov, I. R., & Mahmudov, A. M. (2021). Optimization of large pumping stations operation with adjustable blade impellers. Water Resources Engineering & Irrigation, 2(1), 45–52.

Jizzax bosh nasos stansiyalari boshqarmasi (JBNSB). (2022). 2-Jizzax nasos stansiyasining (2-JNS) texnik pasporti va ekspluatatsiya qoidalari maʼlumotnomasi. Jizzax, 84 b. 3 Muallif ishlanmasi.

Downloads

Published

2026-10-01
Vol. 4 No. 10 (2026): «Muhandislik va Iqtisodiyot» jurnali 10-son