SUV TEJOVCHI TEXNOLOGIYALAR SAMARADORLIGINI BAHOLASH BO‘YICHA XORIJIY VA MILLIY ILMIY YONDASHUVLAR TAHLILI

Authors

  • Umida Ravshanovna Sangirova Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mehanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti iqtisod fanlari nomzodi, dotsent https://orcid.org/0000-0001-8300-8187

DOI:

https://doi.org/10.5281/zenodo.23721342

Abstract

Mazkur maqolada suv tejovchi texnologiyalar samaradorligini baholashning nazariy-metodologik asoslari, xorijiy ilmiy maktablarda shakllangan konseptual yondashuvlar hamda O‘zbekiston sharoitida qo‘llanilayotgan baholash amaliyoti qiyosiy va ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini faqat texnik tejamkorlik ko‘rsatkichlari asosida aniqlash yetarli emasligi, balki iqtisodiy natijadorlik, ekologik barqarorlik, institutsional boshqaruv va resurslardan foydalanishning hududiy xususiyatlarini o‘zaro bog‘liq tizim sifatida baholash zarurligi ilmiy jihatdan asoslanadi. Xorijiy tadqiqotlarda qo‘llanilayotgan suv balansi, suvdan foydalanish samaradorligi, xarajatlar va natijalar tahlili, investitsiyaviy samaradorlik, hayotiy siklni baholash hamda suvdan foydalanishdagi qayta o‘sish effektiga asoslangan yondashuvlarning afzalliklari va metodologik cheklovlari aniqlangan. O‘zbekistonda suv tejovchi texnologiyalarni baholashning amaldagi yo‘nalishlari xalqaro ilmiy yondashuvlar bilan taqqoslanib, ularni takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab berilgan. Mualliflik yondashuvi sifatida suv tejovchi texnologiyalar samaradorligini texnik-texnologik, iqtisodiy, ekologik, institutsional va ijtimoiy mezonlar asosida kompleks baholashning ko‘p darajali konseptual modeli taklif etilgan. Ushbu model suv tejashning hisoblangan texnik hajmi bilan suv resurslarining amalda saqlanib qolgan miqdorini farqlash, investitsiyalarning uzoq muddatli natijadorligini aniqlash va suv xo‘jaligi siyosati qarorlarini ilmiy asoslashga xizmat qiladi.

Keywords

suv tejovchi texnologiyalar, suv resurslari, iqtisodiy samaradorlik, suv mahsuldorligi, investitsiyaviy baholash, suv balansi, qayta o‘sish effekti, integral indeks, institutsional samaradorlik, barqaror suv boshqaruvi

References

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-47-son qarori. https://www.lex.uz/uz/docs/-8036872

Food and Agriculture Organization of the United Nations (FAO). AQUASTAT — Global Information System on Water Resources. Rome: FAO.

Grafton, R. Q., Williams, J., Perry, C. J., et al. The paradox of irrigation efficiency. (2018). Science, 361(6404), 748–750. https://doi.org/10.1126/science.aat9314

World Bank. Uzbekistan to Modernize Its Irrigation Infrastructure with World Bank Support. — 21 May 2025.

FAO. AQUASTAT Database and Methodology. Rome: Food and Agriculture Organization of the United Nations.

FAO. WaPOR: Remote Sensing for Water Productivity. Rasmiy ma’lumotlar bazasi.

FAO. WaPOR Database Methodology: Version 2 Release. — April 2020. Metodologik nashrlar.

World Bank. National Irrigation and Energy Efficiency Improvement Project (Uzbekistan): Project Documents. — 2025. Loyiha hujjati.

Abduraupov, R., Akhmadjanova, G., Ibragimov, A., Bala, B. K., Sidique, S. F., Makhmudov, M., & Angelina, K. (2022). Modeling of water management for cotton production in Uzbekistan. Agricultural Water Management, 265, 107535.

Ibragimov, N., Evett, S. R., Esanbekov, Y., Kamilov, B. S., Mirzaev, L., & Lamers, J. P. A. (2007). Water use efficiency of irrigated cotton in Uzbekistan under drip and furrow irrigation. Agricultural Water Management, 90(1–2), 112–120.

Mirshadiev, M., Fleskens, L., van Dam, J., & Pulatov, A. (2018). Scoping of promising land management and water use practices in the dry areas of Uzbekistan. Agricultural Water Management, 207, 15–25. https://doi.org/10.1016/j. agwat.2018.05.015.

U. Sangirova. Suv tejovchi innovatsion texnologiyalar rivojlanishining nazariy-konseptual asoslari. Yashil Iqtisodiyot va Taraqqiyot. 2026-yil, sentabr. 9-son, I-qism, 253-bet.

Z. Shokhujayeva, U. Sangirova, Z. Seytimbetova, K. Yaqubova, A. Durmanov. Enhancing agricultural productivity through effective water resource distribution and governance. Digital Technologies in Agriculture of the Russian Federation and the World Community — Stavropol State Agrarian University, Stavropol, Russian Federation. AIP Conf. Proc. 3399, 050008-1–050008-9; https://doi.org/10.1063/5.0325018.

Z. S. Shokhojaeva, U. R. Sangirova. Modernization of agriculture in the transition to a digital economy. № 4(24), 2024. Journal of Sustainable Agriculture.

Molden, D. (1997). Accounting for Water Use and Productivity. SWIM Paper 1. International Irrigation Management Institute.

Molden, D. et al. (2007). Pathways for Increasing Agricultural Water Productivity. FAO AGRIS.

FAO. Why Agricultural Water Productivity Is Important for the Global Water Challenge. Rasmiy manba.

FAO. WaPOR — Remote Sensing for Water Productivity. Rasmiy metodologiya.

Downloads

Published

2026-10-01
Vol. 4 No. 10 (2026): «Muhandislik va Iqtisodiyot» jurnali 10-son