TIJORAT BANKLARI XIZMATLARI OMMABOPLIGINING MOLIYAVIY BARQARORLIKKA TA’SIRINI EKONOMETRIK MODELLASHTIRISH
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.23721301Abstract
O‘zbekiston tijorat banklarida xizmatlar ommabopligi bilan moliyaviy barqarorlikning muhim ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lgan kredit portfeli sifati o‘rtasidagi statistik bog‘liqlik ekonometrik jihatdan baholangan. Tadqiqot doirasida Andijon viloyatida 2021–2025-yillarda tijorat banklari tomonidan amalga oshirilgan kredit operatsiyalari soni hamda 2026- yil 1-yanvar holatiga respublika miqyosidagi muammoli kreditlar (NPL) va bank aktivlari bo‘yicha statistik ma’lumotlar qiyosiy tahlil qilingan. Bog‘liqlikni aniqlash uchun eng kichik kvadratlar usuli asosida HC3 robust standart xatolardan foydalangan holda regressiya modellari baholangan. Asosiy model natijalariga ko‘ra, korrelyatsiya koeffitsiyenti r = 0,056, determinatsiya koeffitsiyenti R² = 0,003 va p = 0,846 ni tashkil etgan. Olingan natijalar xizmatlar qamrovi bilan NPL ulushi o‘rtasida statistik jihatdan ahamiyatli bog‘liqlik mavjud emasligini ko‘rsatgan. Natijalar tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini kompleks baholashda xizmatlar hajmi bilan bir qatorda mijozlar faolligi, kredit risklari va kapital yetarliligi ko‘rsatkichlarini ham hisobga olish zarurligini ko‘rsatadi.Keywords
tijorat banklari, bank xizmatlari ommabopligi, moliyaviy barqarorlik, muammoli kreditlar (NPL), ekonometrik model, regressiya tahlili, kreditlash, HC3 robust standart xatolarReferences
Umarov, A. A. (2026). Tijorat banklari xizmatlari ommabopligini oshirish asosida ularning moliyaviy barqarorligini ta’minlashning metodologik asoslarini takomillashtirish: DSc dissertatsiyasi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki. Tijorat banklarining muammoli kreditlari (NPL): 2026-yil 1-yanvar holatiga ma’lumot [Elektron resurs]. – URL: https://cbu.uz/uz/statistics/bankstats/3326207/.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki. Tijorat banklari faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari: 2026-yil 1-yanvar holatiga ma’lumot [Elektron resurs]. – URL: https://cbu.uz/uz/statistics/bankstats/3326197/.
Beck, T., & Demirgüç-Kunt, A. (2008). Martínez Pería M.S. Banking Services for Everyone? Barriers to Bank Access and Use around the World. The World Bank Economic Review, 22(3), 397–430.
Khera, P., Ng, S., Ogawa, S., & Sahay, R. (2021). Measuring Digital Financial Inclusion in Emerging and Developing Economies: A New Index. IMF Working Paper.
Downloads
Published
Issue
Section
License
Copyright (c) 2026 MUHANDISLIK VA IQTISODIYOT

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.

