IKKI HALQALI GIDROCHANGYUTGICHDA SUV SARFI VA BOSIM TAQSIMOTINING GIDRAVLIK MODELI
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.23399482Abstract
Ikki yopiq halqali gidrochangyutgichda suv sarfi va bosim taqsimoti tugunlar balansi asosida hisoblandi. Har bir halqada 12 ta forsunka mavjud bo‘lib, ularning nominal chiqish diametrlari A halqa uchun 0,20 mm, B halqa uchun 0,30 mm ni tashkil etadi. Halqalarning to‘liq uzunligi 0,560 va 0,685 m, ichki diametri 5 mm. Alohida bosim-sarf sinovlari A halqa uchun 3,89 bar va 0,412 l/min, B halqa uchun 1,44 bar va 0,562 l/min qiymatlarni berdi. Ushbu nuqtalardan forsunkalarning samarali sarf koeffitsiyentlari 0,6621 va 0,6753 etib aniqlandi. Ishqalanish, hisobiy mahalliy qarshiliklar va balandliklar farqi modelga kiritildi. Koeffitsiyentlar o‘zgartirilmagan holda, 2,2 bar bosimdagi birgalikdagi rejim uchun A va B sarflari mos ravishda 0,3064 va 0,7032 l/min deb prognoz qilindi. Umumiy hisobiy sarf 1,0095 l/min ni tashkil etib, bak hajmining 600 s davomida 9,76 l kamayishidan aniqlangan 0,976 l/min qiymatiga nisbatan 3,44% yuqori chiqdi. Natija birgalikdagi rejimning bitta mustaqil o‘lchovi bilan solishtirildi. Taklif etilgan model o‘rganilgan geometriya va sinov rejimlarining gidravlik bahosini beradi.Keywords
gidrochangyutgich, ikki kontur, forsunka sarfi, bosim yo‘qotilishi, bosim taqsimoti, gidravlik bir xillikReferences
Chen, J., & Zhi, Y. (2024). Experimental study on the dust control performance of rotating fog curtain under the perturbation of long-pressure and short-pumping ventilation. Scientific Reports. 2024; 14: 29844. DOI: 10.1038/s41598-024-81560-2. 41598–024. https://doi.org/10.1038/s41598-024-81560-2
Rossman, L. A., Woo, H., Tryby, M., Shang, F., Janke, R., & Haxton, T. (2020). EPANET 2.2 User Manual. US Environmental Protection Agency; 2020. EPA/600/R-20/133. URL: https://www.epa.gov/water-research/epanet (murojaat sanasi: 07.10.2026). https://www.epa.
Lefebvre, A. H., & McDonell, V. G. (2017). Atomization and Sprays. 2nd ed. CRC Press; 2017.
Wang, H., Zhang, Q., & Li, X. (2022). Numerical and experimental study on dust suppression performance of pressure-swirl spray nozzles. Process Safety and Environmental Protection, 160, 412–425. https://doi.org/10.1016/j.psep.2022.02.045
Streeter, V. L., Wylie, E. B., & Bedford, K. W. (1998). Fluid Mechanics. 9th ed. McGraw-Hill; 1998.
Liu, Y., Zhao, Y., & Wang, Z. (2023). Optimization of water supply network and pressure distribution in multi-branch spray dust reduction systems. Journal of Cleaner Production. 2023; 390: 136120. DOI: 10.1016/j.jclepro.2023.136120. https://doi.org/10.1016/j.jclepro.2023.136120
Downloads
Published
Issue
Section
License
Copyright (c) 2026 MUHANDISLIK VA IQTISODIYOT

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.

