KABEL SANOATI KORXONALARIDA INNOVATSION-INVESTITSION FAOLIYAT SAMARADORLIGINI BAHOLASH: “UZKABEL” AJ QK MISOLIDA

Authors

DOI:

https://doi.org/10.5281/zenodo.23374407

Abstract

Maqolada “Uzkabel” aksiyadorlik jamiyati qo‘shma korxonasining 2020–2025-yillardagi innovatsion-investitsion faoliyati ochiq moliyaviy hisobotlar hamda integrallashgan qaytim mezoni asosida baholanadi. Tadqiqotda moliyaviy koeffitsiyentlar tahlili, dinamik qiyoslash, xarajat kanallari bo‘yicha dekompozitsiya hamda kapitalni qoplash koeffitsiyentiga asoslangan chegaraviy qaytim mezonidan foydalanildi. Natijalar asosiy faoliyat rentabelligi 2021-yildagi 14,16 foizdan 2022-yilda 3,03 foiz darajasida shakllanib, 2025-yilda 6,20 foizni tashkil etganini ko‘rsatadi. Kapital qo‘yilmalar jadalligi esa 2020-yildagi 5,78 foizdan 2025-yilda 0,25 foiz darajasiga o‘zgargan. 2020–2025-yillar uchun hisoblangan innovatsion-investitsion qaytim−0,141 ni tashkil etib, 22 foizlik kapital qiymati va uskunaning 10 yillik foydali xizmat muddati sharoitida hisoblangan 0,255 chegaraviy ko‘rsatkichga nisbatan pastroq darajada shakllangan. Kanallar bo‘yicha tahlil natijaning shakllanishiga ishlab chiqarish tannarxi kanali asosiy ta’sir ko‘rsatganini, davr xarajatlari kanali esa ijobiy hissa qo‘shganini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, ochiq moliyaviy hisobotlarda yangi mahsulotlar ulushi, xodimlarni o‘qitish, mahsulotlarni sinash va sertifikatlash xarajatlari alohida ko‘rsatkichlar sifatida to‘liq ajratilmaganligi sababli, tahlilda moliyaviy proksi-ko‘rsatkichlar va ssenariyli taxminlardan foydalanildi. Maqolada uskunalarni yangilash jarayonini rentabellik dinamikasi, tannarx tarkibi va o‘lchanadigan innovatsion natijalar bilan o‘zaro bog‘laydigan monitoring tizimini rivojlantirish tavsiya etiladi.

Keywords

kabel sanoati, innovatsion-investitsion faoliyat, “Uzkabel”, qaytim mezoni, asosiy faoliyat rentabelligi, kapital qo‘yilmalar, tannarx kanali

References

Barney, J. (1991). Firm Resources and Sustained Competitive Advantage / J. Barney. Journal of Management, 17(1), 99–120. https://doi.org/10.1177/014920639101700108

Bobojonova, Z. (2021). Экономическое регулирование способов разработки по закачке воды на разведанных месторождениях / Z. Bobojonova. Общество и инновации, 2(11), 37–41. https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss11/S-pp37-41

Kaplan, R. S., & Norton, D. P. (2000). Having Trouble with Your Strategy? Then Map It / R.S. Kaplan, D.P. Norton. Harvard Business Review, 78(5), 167–176.

Nguyen, P. (2023). -H., Nguyen T.-L., Wang C.-N., Vu M.-D., Nguyen L.-A.T., Pham H.-A., Pham M.-A.T., Le H.-Q. Linking Investment Decisions Based on Firm Performance and Open Innovation Practices in Vietnam’s Wire and Cable Market Using Data Envelopment Analysis Models / P.-H. Nguyen, T.-L. Nguyen, C.-N. Wang [et al.]. Journal of Open Innovation: Technology, Market, and Complexity, 9(2).

OECD/Eurostat. Oslo Manual 2018: Guidelines for Collecting, Reporting and Using Data on Innovation. – 4th ed. – OECD Publishing, 2018. – DOI: https://doi.org/10.1787/9789264304604-en.

Teece, D. J., Pisano, G., & Shuen, A. (1997). Dynamic Capabilities and Strategic Management / D.J. Teece, G. Pisano, A. Shuen. Strategic Management Journal, 18(7), 509–533. https://doi.org/10.1002/(SICI)1097-0266(199708)18:7%3C509::AID-SMJ882%3E3.0.CO;2-Z

“Uzkabel” AJ QK. 2020-yil yakunlari bo‘yicha yillik hisobot [Elektron resurs]. – OpenInfo, 2021. – URL: https:// openinfo.uz/en/reports/jsc/annual/3386.

Downloads

Published

2026-10-01
Vol. 4 No. 10 (2026): «Muhandislik va Iqtisodiyot» jurnali 10-son