O‘ZBEKISTONDA ILMIY TADQIQOT LOYIHALARINING SAMARADORLIGINI BAHOLASH METODOLOGIYASINI TAKOMILLASHTIRISH
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.23374013Abstract
O‘zbekistonda ilmiy tadqiqot loyihalarining samaradorligini baholash amaliyoti rasmiy statistik ma’lumotlar va Global innovatsiya indeksi ko‘rsatkichlari asosida tahlil qilingan. 2020–2025-yillarda ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga (ITTKI) yo‘naltirilgan xarajatlar nominal hisobda 2,0 baravar, yalpi ichki mahsulot (YaIM) esa 2,6 baravar oshgani, natijada ITTKI xarajatlarining YaIMdagi ulushi 0,119 foizdan 0,091 foizgacha kamaygani aniqlangan. Global innovatsiya indeksining «resurslar» va «natijalar» subindekslari bo‘yicha reyting o‘rinlari o‘rtasidagi tafovut 2020-yildagi 37 pog‘onadan 2026-yilda 10 pog‘onagacha qisqarganiga qaramay, ilmiy maqolalar va ularga keltirilgan iqtiboslar bo‘yicha ko‘rsatkichlar nisbatan past darajada saqlanib qolmoqda. Amaldagi baholash tizimi asosan loyihalarni tanlash bosqichiga (ex-ante) yo‘naltirilgani hamda loyihalar yakunlangandan keyingi natijalarni tizimli baholash mexanizmlari yetarlicha shakllanmagani asoslangan. Tadqiqot natijasida loyiha turiga qarab vazn koeffitsiyentlari farqlanadigan besh blokli integral baholash modeli hamda dastlabki, oraliq va loyiha yakunidan keyingi baholashni qamrab oluvchi uch bosqichli tartib taklif etilgan.Keywords
ilmiy tadqiqot loyihasi, samaradorlik, natijadorlik, baholash metodologiyasi, ITTKI xarajatlari, integral ko‘rsatkich, ilmiy-texnik ekspertiza, tijoratlashtirish, Global innovatsiya indeksiReferences
O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. O‘zbekistonda ilmiy-tadqiqot ishlariga qariyb 1,7 trln so‘m mablag‘ sarflangan [Elektron resurs]. – 2026. – 8-sentabr. – URL: https://stat.uz/uz/matbuot-markazi/qo-mita-yangiliklar/70125-zbekistonda-ilmij-tad-i-ot-ishlariga-arijb-1-7-trln-s-m-mabla-sarflangan-2.
YUNESKO Statistika instituti. ITTKI bo‘yicha 2026-yilgi ma’lumotlar [Elektron resurs]. (2026). Dunyoda har 1 million aholiga nechta tadqiqotchi to‘g‘ri keladi?.
O‘zbekiston Respublikasining «Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida»gi Qonuni: 2019-yil 29-oktabr, O‘RQ-576-son.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi Farmoni: 2020-yil 29-oktabr, PF-6097-son [Elektron resurs]. – URL: https://www.lex.uz/docs/-5073447.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Mamlakat taraqqiyotining 2030-yilgacha mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlari doirasida islohotlarni izchil davom ettirish va yangi bosqichga olib chiqishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni: 2026-yil 16-fevral, PF-21-son.
World Intellectual Property Organization. Global Innovation Index 2025: Uzbekistan [Electronic resource]. – Geneva: WIPO, 2025. – URL: https://www.wipo.int/edocs/gii-ranking/2025/uz.pdf.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativhuquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori: 2020-yil 9-mart, 133-son.
Innovatsion rivojlanish agentligi. Ulushli moliyalashtiriladigan amaliy tadqiqotlar tanlovi [Elektron resurs]. – 2026. – 13-avgust. – URL: https://gov.uz/oz/innovation/contest/view/208461.
OECD. Frascati Manual 2015: Guidelines for Collecting and Reporting Data on Research and Experimental Development. – Paris: OECD Publishing, 2015.
Griliches, Z. Issues in Assessing the Contribution of Research and Development to Productivity Growth / Z. Griliches. (1979). The Bell Journal of Economics, 10(1), 92–116.
Martin, B. R. The Use of Multiple Indicators in the Assessment of Basic Research / B. R. Martin. (1996). Scientometrics, 36(3), 343–362.
Hicks, D. Bibliometrics: The Leiden Manifesto for Research Metrics / D. Hicks, P. Wouters, L. Waltman, S. de Rijcke, I. Rafols. (2015). Nature, 520, 429–431.
Wilsdon, J. The Metric Tide: Report of the Independent Review of the Role of Metrics in Research Assessment and Management / J. Wilsdon et al. – HEFCE, 2015.
Research Excellence Framework. Guidance on Submissions (REF 2019/01). – Bristol: REF, 2019.
European Commission. Horizon Europe Programme Guide. – Brussels: European Commission, 2021.
Buxton, M. How Can Payback from Health Services Research Be Assessed? / M. Buxton, S. Hanney. (1996). Journal of Health Services Research & Policy, 1(1), 35–43.
Mankins, J. C. Technology Readiness Levels: A White Paper / J. C. Mankins. – NASA, Office of Space Access and Technology, 1995.
Saaty, T. L. The Analytic Hierarchy Process / T. L. Saaty. – New York: McGraw-Hill, 1980.
Charnes, A. Measuring the Efficiency of Decision Making Units / A. Charnes, W. W. Cooper, E. Rhodes. (1978). European Journal of Operational Research, 2(6), 429–444.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori: 2025-yil 27-dekabr, PQ-390-son [Elektron resurs]. – URL: https://lex. uz/uz/docs/-7954065.
National Statistics Committee of the Republic of Uzbekistan. Science and Innovation in the Republic of Uzbekistan for 2024: Press Release [Electronic resource]. – 2025. – 29 July. – URL: https://stat.uz/img/press-relizlar/press-relizinnovatsiya-eng-25_07_2025_p64657.pdf.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti 35 yilda 478 foizga oshgan [Elektron resurs]. – 2026. – URL: https://stat.uz/uz/matbuot-markazi/qo-mita-yangiliklar/67455-zbekiston-yalpi-ichki-masuloti-35-jilda-478-foizga-oshgan-2.
Innovatsion rivojlanish agentligi. O‘zbekiston Global innovatsiya indeksi reytingida 2026-yilda ham barqaror o‘sishga erishdi [Elektron resurs]. – 2026. – 29-sentabr. – URL: https://gov.uz/oz/innovation/news/view/225922.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi. Rasmiy munosabat [Elektron resurs]. – 2026. – 7-yanvar. – URL: https://gov.uz/oz/edu/news/view/117770.
Downloads
Published
Issue
Section
License
Copyright (c) 2026 MUHANDISLIK VA IQTISODIYOT

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.

