OKSIDLANISHGA UCHRAGAN MIS-PORFIR MA’DANLARINI MODDIY TARKIBINI O‘RGANISH

Authors

  • Dilmurod Baxtiyarovich Maxmarejabov Texnika fanlari doktori, dotsent, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzurida Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi Bosh inspektori
  • Zarina Xusniddinovna Abdurasulova Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti assistent-o‘qituvchisi https://orcid.org/0009-0006-2687-9916
  • G‘ulomjon Ulash o‘g‘li Toshpo‘latov Olmaliq kon-metallurgiya kombinati Mis boyitish fabrikasi Yanchish va flotatsiyalash sexi boshligʻi oʻrinbosari

DOI:

https://doi.org/10.5281/zenodo.23373696

Abstract

Mazkur maqolada mis-porfir konlarining oksidlangan rudalari kimyoviy va mineralogik jihatdan tadqiq etilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi rudalarning kimyoviy tarkibini aniqlash, misning oksidlangan va sulfidli shakllari o‘rtasidagi nisbatni baholash hamda oltinning oksidlanish zonasi minerallari bilan bog‘liqligini o‘rganishdan iborat. Tadqiqot jarayonida silikat tahlili, optik mikroskopiya va mineralogik kuzatuv usullaridan foydalanilgan. Natijalarga ko‘ra, rudada misning umumiy miqdori 0,735 foizni tashkil etib, uning 89,8 foizi oksidlangan shaklda uchrashi aniqlangan. Shuningdek, malaxit, azurit, kuprit, tenorit va temir oksidlari hamda gidroksidlarining mineralogik xususiyatlari o‘rganilgan. Oltinning erkin donalari va temir gidroksidlari tarkibidagi mikroinklyuziyalari aniqlangan. Olingan natijalar mis va oltinni kompleks ajratib olish uchun maqbul gidrometallurgik texnologiyalarni tanlash va takomillashtirishda muhim ahamiyatga ega.

Keywords

mis-porfir konlari, oksidlangan rudalar, mineralogik tarkib, kimyoviy tahlil, supergen oksidlanish, malaxit, azurit, kuprit, oltin, gidrometallurgiya

References

Sillitoe, R. H. (2010). Porphyry copper systems. Economic Geology, 105(1), 3-41.

Chavez, W. X. (2000). Supergene oxidation of copper deposits: Zoning and distribution of copper oxide minerals. Society of Economic Geologists Newsletter, 41, 10-21.

Reich, M., & Vasconcelos, P. M. (2015). Geological and economic significance of supergene metal deposits. Elements, 11(5), 305-310.

Cameron, E. M., Leybourne, M. I., & Kelley, D. L. (2002). Exploring for deeply covered porphyry copper deposits: evaluating the supergene environment. Journal of Geochemical Exploration, 76(2), 163-169.

Williams, P. A. (1990). Oxide Zone Geochemistry. Ellis Horwood, Chichester, 286 p.

Craig, J. R., & Vaughan, D. J. (1994). Ore Microscopy and Ore Petrography. John Wiley & Sons, New York.

Melchiorre, E. B., & Enders, M. S. (2003). Stable isotope geochemistry of copper carbonates at the Morenci porphyry copper deposit, Arizona: Implications for supergene alteration. Economic Geology, 98(3), 607-621.

Downloads

Published

2026-10-01
Vol. 4 No. 10 (2026): «Muhandislik va Iqtisodiyot» jurnali 10-son