TOʻQIMACHILIK SANOATINI IQTISODIY RIVOJLANTIRISH MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISHDA NATIJAGA ASOSLANGAN YONDASHUV

Authors

DOI:

https://doi.org/10.5281/zenodo.23358980

Abstract

Maqolada Oʻzbekiston toʻqimachilik sanoatini iqtisodiy rivojlantirish mexanizmini natijaga asoslangan boshqaruv tamoyili asosida takomillashtirish yoʻnalishlari ishlab chiqilgan. 2025–2026-yillarning yanvar–avgust davri boʻyicha rasmiy statistik maʼlumotlar qiyosiy tahlil qilinib, mahsulot turlari kesimida oʻsish surʼatlarining bir xil emasligi aniqlangan. Paxtadan yigirilgan ip ishlab chiqarish 50,9 foiz, paxta matolari 18,2 foiz va trikotaj ichki kiyimlar 43,4 foizga oshgan boʻlsa, trikotaj yoki toʻqilgan ustki kiyimlar ishlab chiqarish 9,5 foizga kamaygan. Ushbu holat tarmoqni qoʻllab-quvvatlashni ishlab chiqarish hajmi bilangina emas, balki qayta ishlash chuqurligi, mehnat unumdorligi, resurs samaradorligi, eksport diversifikatsiyasi va innovatsion faollik natijalari bilan bogʻlash zarurligini koʻrsatadi. Muallif tomonidan besh blokdan iborat boshqaruv mexanizmi, integral monitoring koʻrsatkichlari va tekshirilgan natijalar asosida ragʻbatlantirish tartibi taklif etilgan.

Keywords

toʻqimachilik sanoati, iqtisodiy rivojlanish mexanizmi, qoʻshilgan qiymat, resurs samaradorligi, mehnat unumdorligi, eksport diversifikatsiyasi, innovatsiya, natijaga asoslangan ragʻbatlantirish

References

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-maydagi “Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF-71-son Farmoni. https://lex.uz/docs/-6908347

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi. Oʻzbekiston Respublikasida sanoat ishlab chiqarishi: 2026-yil yanvar-avgust. Press-reliz, 30.09.2026. https://stat.uz/img/news/press-reliz-sanoat-08-2026-zb-lot_p95230.pdf

Ortiqov, A., & Isakov, M. (2009). Sanoat iqtisodiyoti. Darslik. - Toshkent: TDIU, 2009. - 250 b. TDIU.

Isayev, R., & Ergasheva, S. (2025). Toʻqimachilik sanoati korxonalari barqaror rivojlanish mexanizmini shakllantirish. Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil. -, 63–68. https://doi.org/10.60078/2992-877X-2025-vol3-iss1-pp63-68

Madraximova, G. (2024). Toʻqimachilik tarmogʻini iqtisodiy rivojlantirishda investitsion imkoniyatlardan foydalanish yoʻnalishlari. Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil. -, 150–156. https://doi.org/10.60078/2992-877X-2024-vol2-iss5-pp150-156

Burkhanov, A. U., Tursunov, B. O., Uktamov, K. F., Imomov, J. O., Nosirov, J. T., & Akbarova, B. (2023). Ways and Prospects of Rational Use of Production Capacity in Ensuring Financial Security in Textile Enterprises in the Conditions of Digital Economy Transformation. Proceedings of ICFNDS, 234–242. https://doi.org/10.1145/3644713.3644744

Xakimov, Z., & Axmedova, R. (2024). Sanoat klasterlarini shakllanishining simulyatsiya modelini yaratish. Yashil iqtisodiyot va taraqqiyot. -.

Porter, M. E. (1985). Competitive Advantage: Creating and Sustaining Superior Performance. - New York: Free Press, 1985. Free Press.

Gereffi, G., Humphrey, J., & Sturgeon, T. (2005). The Governance of Global Value Chains. Review of International Political Economy. -, 12(1), 78–104. https://doi.org/10.1080/09692290500049805

Kaplinsky, R., & Morris, M. (2001). A Handbook for Value Chain Research. - Brighton: Institute of Development Studies, 2001. Institute of Development Studies.

Downloads

Published

2026-10-01
Vol. 4 No. 10 (2026): «Muhandislik va Iqtisodiyot» jurnali 10-son