“TUMSHUKTAU” KONI TEXNOLOGIK NAMUNASINI SORBSION SIANLASH ORQALI QIMMATBAHO METALLAR AJRATIB OLISH DARAJASINI TADQIQ QILISH
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.23229092Abstract
Ushbu maqolada “Auminzo-Amantay” konining “Tumshuktau” omboridan olingan texnologik namunaning sorbsion sianlash usulida qayta ishlanishi bo‘yicha laboratoriya tadqiqotlari natijalari keltirilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi oltin va kumushning sianlash jarayonida ajralib chiqish darajasiga ma’danni maydalash darajasi hamda sorbsion sianlash davomiyligining ta’sirini aniqlashdan iborat. Boshlang‘ich namunada oltin miqdori 0,62 g/t, kumush miqdori 13,60 g/t ni tashkil etdi. Tajribalar 70, 80 va 90 % sinfi -0,071 mm bo‘lgan maydalash darajalarida hamda 24, 30 va 36 soatlik sianlash davomiyligida olib borildi. Barcha tajribalarda NaCN konsentratsiyasi 500 mg/l va ko‘mirning bir martalik yuklamasi 3 % qilib belgilandi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, maydalash darajasi va sianlash davomiyligining ortishi oltin va kumushning eritmaga o‘tish darajasini oshirishi aniqlandi. Eng yuqori natija 90 % sinfi -0,071 mm bo‘lgan maydalash va 36 soatlik sianlash sharoitida olindi. Mazkur rejimda oltinning ajralib chiqishi 80,6 %, kumushniki esa 95,7 % ni tashkil etdi. Oltinning sianlash qoldig‘idagi miqdori 0,12 g/t gacha kamaydi.Keywords
oltin rudasi, kumush, sianlash, sorbsion sianlash, maydalash darajasi, NaCN, oltin ajralishi, texnologik namunaReferences
Sanakulov, K., Xamidov, X. X., Rogojnikov, D. A., & Fuzaylov, O. U. (2024). Особенности распределения золота в сульфидном концентрате месторождений Ауминзо-Амантайского региона. Горный вестник Узбекистана, (4).
Marsden, J. O., & House, C. I. (2006). The Chemistry of Gold Extraction. 2nd ed. Littleton, Colorado: Society for Mining, Metallurgy, and Exploration (SME), 2006.
Современный метод составления комплекта геохимических карт Тянь-Шаньского орогенного пояса территории Республики Узбекистан. — 2021.
Нурмуродов, М. Н., Холмуродов, Ф. Ф., Вохидов, Б. Р., & Савриев, Э. Э. (2024). Исследование минералогического состава забалансовых смешанных серебросодержащих руд на содержание благородных металлов. Цифровые технологии в промышленности, 2(4).
Aylmore, M. G. (2005). Alternative lixiviants to cyanide for leaching gold ores. In: Developments in Mineral Processing. 2005. Vol. 15. P. 501–539. 501–539.
Downloads
Published
Issue
Section
License
Copyright (c) 2026 MUHANDISLIK VA IQTISODIYOT

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.

