BANK RISKLARINI BOSHQARISHDA INTELLEKTUAL TEXNOLOGIYALAR: XORIJIY TAJRIBA VA O‘ZBEKISTONDA BARQAROR MOLIYAVIY RIVOJLANISH UCHUN YO‘NALISHLAR

Authors

  • Alisher Qudratullayevich Mirsoatov Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Bank-moliya akademiyasining ilmiy-tadqiqot va xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori

DOI:

https://doi.org/10.5281/zenodo.23204737

Abstract

Maqolada sun’iy intellekt (si) asosidagi intellektual texnologiyalarning bank risklarini boshqarishdagi funksional roli tahlil qilinadi, to‘g‘ri va teskari stress-test metodologiyasi ishlab chiqiladi hamda xorijiy tajriba asosida o‘zbekistonda barqaror moliyaviy rivojlanishni ta’minlash yo‘nalishlari asoslanadi. Bank faoliyatida si bilan bog‘liq risklarning ko‘p darajali xususiyatga ega bo‘lib, ma’lumotlar, model, moliyaviy qarorlar, alohida bank va bank tizimi darajalarida namoyon bo‘lishi asoslab beriladi. Tadqiqotda sining erta ogohlantirish, portfel monitoringi va kapitalni rejalashtirishdagi funksiyalari tizimlashtiriladi, to‘g‘ri va teskari stress-test formulalari, shuningdek, si bilan bog‘liq tizimli konsentratsiya indeksi (iskii) ishlab chiqiladi. Xorijiy tajriba buyuk britaniya, aqsh va xalqaro tashkilotlarning tegishli hujjatlari hamda kpmg so‘rovnomasi natijalari asosida tahlil qilinadi. 2026-yilda buyuk britaniya parlamenti qo‘mitasi angliya banki va moliyaviy xulq-atvorni nazorat qilish boshqarmasiga si bilan bog‘liq stress-testlarni rivojlantirish masalasiga e’tibor qaratdi. Kpmg so‘rovnomasi natijalariga ko‘ra, bank rahbarlarining 93 foizi si bilan bog‘liq uzilishlarga bardoshlilik borasida ishonch bildirgan bo‘lsa-da, 27 foizdan ortig‘i bunday sinovlarni hali o‘tkazmagan. Mazkur natijalar subyektiv ishonch darajasi bilan amaliy sinov va tayyorgarlik darajasi o‘rtasida muvofiqlikni yanada mustahkamlash imkoniyati mavjudligini ko‘rsatadi. O‘zbekiston bank tizimi uchun tizimli konsentratsiya indeksi hamda to‘rt zonali nazorat chegaralarini qo‘llash taklif etiladi.

Keywords

sun’iy intellekt, bank risklarini boshqarish, stress-test, erta ogohlantirish tizimi, tizimli konsentratsiya, moliyaviy barqarorlik

References

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki. Moliyaviy barqarorlik hisoboti, 2025. – Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, 2026.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki. Tizim uchun ahamiyatli banklar ro‘yxati, 2026. – Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, 2026.

Abdurashidova, M. S., & Balbaa, M. E. (n.d.). Sun’iy intellektning O‘zbekiston bank tizimida qo‘llanilishi / M.S. Abdurashidova, M.E. Balbaa.

Bank of England. Financial Stability in Focus: Artificial Intelligence in the Financial System. – London: Bank of England, 2025–2026.

Bank of England; Financial Conduct Authority. Artificial Intelligence in UK Financial Services — 2024. – London: Bank of England; Financial Conduct Authority, 2024.

Bank Rossii. Doklad ob osnovnykh riskakh primeneniya iskusstvennogo intellekta v finansovom sektore. – Moskva: Bank Rossii, 2025.

Basel Committee on Banking Supervision. Stress Testing Principles. – Basel: Bank for International Settlements, 2018.

Federal Reserve Bank of New York. Remarks on Stress-Testing AI Operational Risk. – New York: Federal Reserve Bank of New York, September 2026.

Financial Stability Board. Monitoring Adoption of Artificial Intelligence and Related Vulnerabilities in the Financial Sector. – Basel: Financial Stability Board, 2025.

House of Commons Treasury Committee. Artificial Intelligence in Financial Services. – London: House of Commons, 2026.

Kirilyuk, I. L. (n.d.). Modelnyy risk v usloviyakh mashinnogo obucheniya: ekonomiko-matematicheskiy i institutsionalnyy analiz / I.L. Kirilyuk.

KPMG. AI Resilience Survey of UK Banking Executives. – London: KPMG, 2026.

Downloads

Published

2026-10-01
Vol. 4 No. 10 (2026): «Muhandislik va Iqtisodiyot» jurnali 9-son