BANKLARDA SUN’IY INTELLEKTNI MAS’ULIYATLI BOSHQARISH: XALQARO MODELLAR VA O‘ZBEKISTONDA BARQAROR MOLIYAVIY RIVOJLANISH UCHUN MOSLASHTIRISH YO‘NALISHLARI
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.23206775Abstract
Maqolada bank sohasida sun’iy intellektni (SI) mas’uliyatli boshqarishning xalqaro modellari tizimlashtiriladi hamda ularni O‘zbekiston bank tizimiga moslashtirish yo‘nalishlari asoslanadi. 2017–2026-yillar davomida xalqaro tartibga solish amaliyotida SI bilan bog‘liq xatarlarni dastlabki aniqlashga yo‘naltirilgan yondashuvlardan yaxlit tashkiliy boshqaruv mexanizmlariga bosqichma-bosqich o‘tish kuzatilmoqda. Yevropa Ittifoqi, AQSh, Buyuk Britaniya, Singapur, Birlashgan Arab Amirliklari, Janubiy Koreya, Yaponiya va Malayziyaning tartibga solish hujjatlari qiyosiy-institutsional tahlil usuli asosida o‘rganiladi. Har bir amaliyotning O‘zbekiston sharoitiga mosligi yetti mezon asosida baholanadi: amaldagi tizimga muvofiqligi, oldini olishga qaratilgan xatarning ahamiyati, ma’lumotlarning mavjudligi, miqdoriy nazorat imkoniyati, amalga oshirish xarajatlari, milliy bozor miqyosiga mutanosibligi hamda qaytariluvchan sinovdan o‘tkazish imkoniyati. Xalqaro amaliyotlar to‘rt toifaga ajratiladi: bevosita qo‘llash mumkin bo‘lgan; milliy sharoitga moslashtirishni talab qiladigan; keng ko‘lamda joriy etishdan oldin qo‘shimcha tayyorgarlik va baholashni talab qiladigan; eksperimental rejimda sinovdan o‘tkazishga mos amaliyotlar. Mas’uliyatli boshqaruvning besh konturli modeli — strategik, prudensial, moliyaviy qarorlar, infratuzilmaviy-tizimli va eksperimental konturlar — taklif etiladi. Mazkur model Markaziy bank uchun SI boshqaruvining milliy me’yoriy-huquqiy va institutsional asoslarini bosqichma-bosqich rivojlantirish, innovatsion jarayonlarni qo‘llab-quvvatlash bilan bir qatorda moliyaviy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiluvchi metodologik yondashuvni shakllantiradi.Keywords
sun’iy intellekt, mas’uliyatli boshqaruv, bank faoliyatini tartibga solish, xalqaro tajriba, model riski, moliyaviy barqarorlik, Markaziy bank, O‘zbekistonReferences
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 14.10.2024-yildagi “Sunʼiy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PQ-358-sonli qarori, https://lex.uz/docs/-7158604
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 18.04.2023-yildagi “Banklar va banklar guruhlarining tavakkalchiliklarni boshqarish tizimiga doir talablar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3427qarori , https://lex.uz/docs/-6436466
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki. Moliyaviy barqarorlik hisoboti va tizim uchun ahamiyatli banklar ro‘yxati. – Toshkent, 2026.
Abduraxmonov, K. X., Mag‘rupov, A. Yu., & Zokirova, N. K. (n.d.). Sun’iy intellektning iqtisodiy samaradorligini belgilovchi omillar / K.X. Abduraxmonov, A.Yu. Mag‘rupov, N.K. Zokirova.
Bank for International Settlements, Financial Stability Institute. AI Supervisory Enablement Project (AISE). – Basel, 2026.
Financial Stability Board. Sound Practices for Financial Institutions’ Responsible Adoption of Artificial Intelligence: Consultation Report. – Basel, 2026.
House of Commons Treasury Committee. Artificial Intelligence in Financial Services. – London, 2026.
ISO/IEC 42001:2023. Information technology — Artificial intelligence — Management system. – Geneva, 2023.
Monetary Authority of Singapore. Artificial Intelligence Model Risk Management. – Singapore, 2024.
National Institute of Standards and Technology. Artificial Intelligence Risk Management Framework (AI RMF 1.0). NIST AI 100-1. – Gaithersburg, 2023.
Prudential Regulation Authority. SS1/23: Model Risk Management Principles for Banks. – London: Bank of England, 2023.
Regulation (EU) 2024/1689 of the European Parliament and of the Council laying down harmonised rules on artificial intelligence. – 2024.
Downloads
Published
Issue
Section
License
Copyright (c) 2026 MUHANDISLIK VA IQTISODIYOT

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.

