KONTREYLER TERMINALLARINING MAQBUL JOYLASHUVINI ANIQLASHNING GIS CHEKLOVLARIGA ASOSLANGAN IKKI DARAJALI MODELI

Authors

DOI:

https://doi.org/10.5281/zenodo.23167246

Abstract

Ushbu maqolada O‘zbekiston transport tarmog‘ida kontreyler terminallarining maqbul joylashuvini aniqlash uchun GIS cheklovlarini hisobga oluvchi ikki darajali model ishlab chiqilgan. Tadqiqotda terminal joylashuvi uchun nomzod hududlarni GIS asosida shakllantirish, ularning mosligini SSI (Site Suitability Index) indeksi yordamida baholash, kontreyler tashishlariga bo‘lgan talabni aniqlash hamda yuk oqimlarini transport tarmog‘i bo‘yicha taqsimlash jarayonlari o‘zaro bog‘langan. Nomzod hududlarni shakllantirish va baholashda temir yo‘l va avtomobil yo‘llariga yaqinlik, mavjud yer maydoni, hudud nishabligi, OD yuk oqimi, bojxona obyektlariga yaqinlik hamda foydalanish cheklangan hududlar hisobga olingan. Model asosida shakllantirilgan SSI reytingi amaldagi logistika ko‘rsatkichlari bilan qiyoslanib, ular o‘rtasida yuqori darajadagi moslik aniqlangan. Modelni O‘zbekiston transport tarmog‘ida qo‘llash natijasida kontreyler terminallarini joylashtirish uchun istiqbolli hududlar aniqlanib, ularning yuk o‘tkazuvchanligi va joylashuvga moslik ko‘rsatkichlari baholangan. Taklif etilgan yondashuv terminal joylashuvini yuk oqimi bilan bir qatorda transport, fazoviy va infratuzilmaviy omillarni kompleks hisobga olgan holda aniqlash imkonini beradi.

Keywords

kontreyler tashishlari, intermodal terminal, GIS, terminal joylashuvi, SSI, ikki darajali model, yuk oqimlari, transport tarmog‘i, fazoviy tahlil

References

Tadić, S., Zečević, S., Krstić, M., & Brnjac, N. (2020). Multicriteria Siting of Intermodal Terminals Using GIS and AHP. Transportation Research Part A: Policy and Practice, 135, 99–112. https://doi.org/10.1016/j.tra.2020.02.004

Schmid, B., Lam, J. S. L., & Grosse, E. H. (2021). Sustainability-oriented terminal location planning. Journal of Transport Geography, 93. https://doi.org/10.1016/j.jtrangeo.2021.103246

Spearman, C. (1904). The Proof and Measurement of Association between Two Things. The American Journal of Psychology, 15(1), 72–101. https://doi.org/10.2307/1412159

Kendall M., G. (1938). A New Measure of Rank Correlation. Biometrika, 30(1), 81–93. https://doi.org/10.1093/biomet/30.1-2.81

OpenStreetMap. O‘zbekiston avtomobil va temir yo‘l tarmoqlariga oid fazoviy ma’lumotlar. https://download.geofabrik. de/asia/uzbekistan.html?utm_source

Downloads

Published

2026-09-01
Vol. 4 No. 9 (2026): «Muhandislik va Iqtisodiyot» jurnali 9-son

Most read articles by the same author(s)