AMUDARYO LOYQASI SHAROITIDA NASOS STANSIYASINING TEXNIK SUV BILAN TA’MINLASH TIZIMI ISHONCHLILIGINI OSHIRISH: QUYIMOZOR YORDAMCHI NASOS STANSIYASI MISOLIDA

Authors

  • Akbarjon Ilhom o‘g‘li Ramazonov Osiyo Xalqaro universiteti Ta’lim sifatini nazorat qilish, ichki nazorat va monitoring bo‘limi mutaxassisi

DOI:

https://doi.org/10.5281/zenodo.23051283

Abstract

Maqolada Amudaryo suvining yuqori loyqaligi sharoitida ishlaydigan Quyimozor yordamchi nasos stansiyasida (Amu–Buxoro mashina kanali) texnik suv bilan ta’minlash tizimining ishonchliligi tahlil qilingan. Agregatlarni o‘chirish jurnalining 2020–2021-yillardagi 21 ta yozuvi, gidrotsiklon–filtr zanjirining ish ko‘rsatkichlari va suv sifati ma’lumotlari asosida majburiy to‘xtashlarning sabablari, takrorlanishi va oqibatlari baholandi. Tozalash zanjiri loyqaning 70–80 % ini ushlab qoladi, biroq filtrning to‘lishi dvigatel cho‘lg‘amlari va podshipniklarining 74–85 °C gacha qizishiga hamda agregatning avtomatik o‘chishiga olib keladi. Har bir agregat uchun parallel zaxira filtr tarmog‘ini (2 ta zadvijka, 1 ta filtr, 1 ta datchik) o‘rnatish taklif etildi. Uning 12 ta agregat uchun umumiy qiymati 64,1 mln so‘m bo‘lib, vegetatsiya davrida yetkazilmay qoladigan taxminan 4,55 mln m³ suv yo‘qotilishining oldini olish imkonini beradi; bu 455 ga g‘o‘za maydonining yillik suv ehtiyojiga teng.

Keywords

nasos stansiyasi, texnik suv ta’minoti, loyqalik, filtr, gidrotsiklon, majburiy to‘xtash, ishonchlilik, Amudaryo

References

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-iyuldagi PF-6024-son “O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020–2030-yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi. – https://lex.uz/docs/-4892953.

Mamajonov, M. (2012). Nasoslar va nasos stansiyalari: darslik. Fan va texnologiya.

Камалов Т., С., & Ахмедов, И. (1988). Оптимизация режимов работы насосных станций. Фан.

Чебаевский В., Ф., Вишневский К., П., Накладов Н., Н., & Кондратьев В., В. (1989). Насосы и насосные станции: учебник / под ред. В. Ф. Чебаевского. Агропромиздат.

Рычагов В., В., Третьяков А., А., & Флоринский М., М. (1971). Проектирование насосных станций и испытание насосных установок: учебное пособие. Колос.

Флоринский М., М., & Рычагов В., В. (1967). Насосы и насосные станции: учебник. Колос.

Мухамедов Я., С. (2004). Русловые деформации основного русла реки Амударьи в районе бесплотинного водозабора и в зоне интенсивного размыва. Труды VI Всероссийского гидрологического съезда, 6, 76–78.

Gülich J., F. (2014). Centrifugal Pumps. Springer.

Neopane H., P., Dahlhaug O., G., & Cervantes, M. (2011). Sediment Erosion in Hydraulic Turbines. Global Journal of Researches in Engineering: Mechanical and Mechanics Engineering, 11, 17–26.

Downloads

Published

2026-09-01
Vol. 4 No. 9 (2026): «Muhandislik va Iqtisodiyot» jurnali 9-son