O‘ZBEKISTONDA UGLEROD NARXLASH MEXANIZMLARINI JORIY ETISH: CBAM SHAROITIDA SANOAT EKSPORTINING RAQOBATBARDOSHLIGINI TA’MINLASH YO‘LLARI

Authors

  • Jurayev Abbosbek Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti mustaqil izlanuvchisi

DOI:

https://doi.org/10.5281/zenodo.23051246

Abstract

Mazkur maqolada O‘zbekistonda uglerod narxlash mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etishning iqtisodiy asoslari, ularning Yevropa Ittifoqining Uglerod chegarasini tartibga solish mexanizmi — Carbon Border Adjustment Mechanism (CBAM) sharoitida sanoat eksportining raqobatbardoshligiga ta’siri tadqiq etilgan. Tadqiqotning maqsadi mamlakatdagi karbon intensivligi yuqori tarmoqlarni aniqlash, uglerod solig‘ining upstream va downstream mexanizmlarini asoslash hamda eksportchi korxonalar uchun karbon hisoboti va emissiyalarni boshqarish bo‘yicha amaliy model ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqotda statistik tahlil, qiyosiy tahlil, kontent tahlil, iqtisodiy hisob-kitob, guruhlash va tizimli yondashuv usullaridan foydalanildi. Natijalarga ko‘ra, 2022-yilda O‘zbekistonda jami issiqxona gazlari emissiyasi 209 mln tonna CO₂ ekvivalentini tashkil etgan bo‘lib, uning 63,7 foizi energetika, 15 foizi sanoat sektori hissasiga to‘g‘ri kelgan. Mamlakatda YaIMning karbon intensivligi 1 kg CO₂/AQSh dollarini tashkil etib, jahon o‘rtacha ko‘rsatkichidan 2,6 baravar yuqori ekani aniqlandi. Shuningdek, 2020–2025-yillarda O‘zbekistondan Yevropa Ittifoqiga tovar eksporti 200 mln yevrodan 1 012 mln yevroga yoki 5,06 baravarga oshgan. Tadqiqotda tarqoq emissiyalar uchun yoqilg‘i ishlab chiqaruvchi va import qiluvchilar darajasidagi upstream mexanizmi, yirik statsionar sanoat manbalari uchun esa obyekt darajasidagi downstream mexanizmi taklif etildi. Uglerod narxlash, MRV tizimi, texnologik modernizatsiya va karbon izini qisqartirish orqali CBAM xarajatlarini kamaytirishga qaratilgan konseptual model ishlab chiqildi.

Keywords

uglerod narxlash, uglerod solig‘i, CBAM, karbon intensivligi, MRV tizimi, karbon hisoboti, sanoat eksporti, past uglerodli texnologiyalar, upstream, downstream, emissiya faktori

References

European Commission (2023) Regulation (EU) 2023/956 establishing a carbon border adjustment mechanism. Brussels: European Union.

European Commission (2026) CBAM definitive regime. Brussels: Directorate-General for Taxation and Customs Union.

European Commission (2026) European Union, trade in goods with Uzbekistan. Brussels: Directorate-General for Trade and Economic Security.

IMF (2024) Fiscal policies for climate change mitigation: country and global perspectives. Washington, DC: International Monetary Fund.

IPCC (2006) 2006 IPCC guidelines for national greenhouse gas inventories. Hayama: Institute for Global Environmental Strategies.

ISO (2018) ISO 14067:2018. Greenhouse gases — carbon footprint of products — requirements and guidelines for quantification. Geneva: International Organization for Standardization.

World Bank (2025) State and trends of carbon pricing 2025. Washington, DC: World Bank.

Downloads

Published

2026-09-01
Vol. 4 No. 9 (2026): «Muhandislik va Iqtisodiyot» jurnali 9-son