CHODAK KONI TEXNOGEN CHIQINDILARINI QAYTA ISHLASH VA QIMMATLI KOMPONENTLARNI AJRATIB OLISH TEXNOLOGIYASINI TAKOMILLASHTIRISH

Authors

  • Ulug‘bek Buriqulovich Jo‘rayev Qarshi davlat texnika universiteti
  • Erkin Abdihafizovich Raxmatov Iqtisodiyot va pedagogika universiteti NTM O‘quv ishlari prorektori t.f.d., professor

DOI:

https://doi.org/10.5281/zenodo.23050856

Abstract

Ushbu maqolada Chodak koni oltin rudalarini boyitish fabrikasi texnogen chiqindilarini qayta ishlash va ulardan qimmatli komponentlarni ajratib olish texnologiyasini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi texnogen chiqindilar tarkibidagi oltin, kumush va temir saqlovchi minerallarning moddiy va mineralogik xususiyatlarini aniqlash hamda ularni samarali qayta ishlash uchun texnologik yechim ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqot davomida chiqindilar tarkibining hududlar bo‘yicha o‘zgarishi, granulometrik tarkib va qimmatli komponentlarning mineralogik bog‘lanish shakllari tahlil qilingan. Oltin miqdori 0,03–1,4 g/t, kumush 11,0–19,2 g/t va Fe₂O₃ 7,52–19,1 % oralig‘ida ekanligi asosida texnogen chiqindilarni ikkilamchi mineral xomashyo sifatida qayta ishlash imkoniyatlari baholangan. Granulometrik fraksiyalar bo‘yicha oltin taqsimoti ham o‘rganilib, qimmatli komponentlarning turli o‘lchamdagi zarrachalarda notekis taqsimlanganligi aniqlangan. Tadqiqot natijalari asosida gidravlik klassifikatsiya, gravitatsion boyitish va magnit separatsiyani o‘z ichiga olgan kompleks texnologik sxema taklif etilgan. Gravitatsion boyitish orqali oltin va kumushni konsentrlash, magnit separatsiya orqali esa temirli minerallarni ajratish imkoniyati ko‘rsatilgan. Taklif etilayotgan texnologik yondashuv Chodak fabrikasi texnogen chiqindilaridan foydali komponentlarni qayta ajratib olish, mineral xomashyodan kompleks foydalanish va chiqindilar hajmini kamaytirishga xizmat qilishi mumkin.

Keywords

Chodak koni, texnogen chiqindilar, oltin, kumush, gravitatsion boyitish, magnit separatsiya, gidravlik klassifikatsiya

References

Samadov, A. U., Nosirov, N. I., & Umirzoqov, A. A. (2021). Processing of Layout Tails of Gold-Extracting Plants. Central Asian Journal of Theoretical and Applied Science, 2(4), 73–77.

Nosirov, N. I. (2021). Рекомендуемая схема переработки хвостов Чадакской золотоизвлекательной фабрики. Scientific Progress, 1(6), 111–121.

Adams, M. D. (2016). (Ed.). Gold Ore Processing: Project Development and Operations. 2nd ed. Elsevier.

Xo‘jaqulov, N. B., Ro‘ziyev, U. M., & Ibotov, B. O. (2025). “NKMK” AJ “AUMINZO-AMANTOY” KONI OLTIN AJRATISH SEXI TEXNOGEN CHIQINDILARINI TADQIQ QILISH. Sanoatda Raqamli Texnologiyalar, 3(4), 124-128. https://doi. org/10.70769/3030-3214.SRT.3.4.2025.42.

Surimbayev, B., Bolotova, L., Akcil, A., Yessengarayev, Y., Khumarbekuly, Y., Kanaly, Y., & Akzharkenov, M. (2024). Gravity Concentration of Gold-Bearing Ores and Processing of Concentrates: A Review. Mineral Processing and Extractive Metallurgy Review, 46(7).

Allan, G. C., & Woodcock, J. T. (2001). A Review of the Flotation of Native Gold and Electrum. Minerals Engineering, 14(9), 931–962. https://doi.org/10.1016/S0892-6875(01)00103-0

Anning, C., Wang, J., Chen, P., Batmunkh, I., & Lyu, X. (2019). Determination and Detoxification of Cyanide in Gold Mine Tailings: A Review. Waste Management & Research, 37(11). https://doi.org/10.1177/0734242X19876691

Na, H., Eom, Y., Yoo, K., & Alorro, R. D. (2024). A Review on the Reprocessing of Sulfide Tailings for Resource Recovery and AMD Prevention Using Mineral Processing Methods. Minerals Engineering, 218. https://doi.org/10.1016/j.mineng.2024.109025

Kursunoglu, S. (2025). A Review on the Recovery of Critical Metals from Mine and Mineral Processing Tailings: Recent Advances. Journal of Sustainable Metallurgy, 11, 2023–2050.

Tapfuma, A., Mutimutema, P., Bazhko, O., Nkabinde, S., Ledwaba, M., Kabangu, J. M., Chiwaye, N., Muller, E., & Ndlovu, G. (2026). Gold Tailing Metal Extraction and Sustainable End-Use: A Closed-Loop Review. Minerals Engineering.

– Article 110075. DOI: 10.1016/j.mineng.2026.110075.

Akcil, A., & Ghorbani, Y. (2026). Gold Mining Tailings as a Sustainable Secondary Resource: Environmental Impacts, Processing Technologies and Metal Recovery. A Review. Mineral Processing and Extractive Metallurgy Review. https://doi.org/10.1080/08827508.2026.2693551

Laplante, A. R., Woodcock, F., & Huang, L. (1995). Predicting Gravity Gold Recovery and Performance of New and Old Gravity Concentrators. Minerals Engineering, 8.

Falconer, A. (2003). Gravity Separation: Old Technique/New Methods. Physical Separation in Science and Engineering.

Marsden, J. O., & House, C. I. (2006). The Chemistry of Gold Extraction. 2nd ed. Society for Mining.

Saidaxmedov, A. A., Ro‘ziyev, U. M., & Qayumov, O. A. (2025). MAHALLIY XOMASHYODAN GLINOZYOM OLISH TEXNOLOGIYASINI ISHLAB CHIQISH. Sanoatda Raqamli Texnologiyalar, 3(2), 105-111. https://doi. org/10.70769/3030-3214.SRT.3.2.2025.26

Downloads

Published

2026-09-01
Vol. 4 No. 9 (2026): «Muhandislik va Iqtisodiyot» jurnali 9-son