O‘ZBEKISTON QISHLOQ XO‘JALIGIDA IQTISODIY O‘SISH SIFATINI BAHOLASH: BARQARORLIK, HUDUDIY TAFOVUT VA TARKIBIY MUTANOSIBLIK

Authors

DOI:

https://doi.org/10.5281/zenodo.23014444

Abstract

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida iqtisodiy o‘sish sifati uning barqarorligi, hududiy rivojlanish xususiyatlari hamda dehqonchilik va chorvachilik tarmoqlari o‘rtasidagi mutanosiblik nuqtayi nazaridan baholangan. Milliy statistika qo‘mitasining 2010–2025-yillarga oid ma’lumotlari asosida o‘sish sur’atlari dinamikasi va asosiy qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishining barqarorlik koeffitsiyentlari hisoblangan. Hududlar «o‘sish – barqarorlik» matritsasi asosida guruhlangan hamda 2017–2024-yillar uchun iqtisodiy o‘sish sifatining integral indeksi ishlab chiqilgan. Paxtachilik misolida 2016–2025-yillarda yalpi hosil hajmining o‘zgarishi ekin maydoni va hosildorlik omillari bo‘yicha tahlil qilinib, olingan natijalar Markaziy Osiyo mamlakatlari ko‘rsatkichlari bilan qiyoslangan. Tadqiqot natijalari 2019-yildan keyin iqtisodiy o‘sish sur’atlarining barqarorlashganini, hududlarda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish imkoniyatlari kengayib borayotganini hamda dehqon xo‘jaliklarining tarmoqdagi muhim o‘rnini ko‘rsatgan. Paxta ekin maydonlarining 30,8 foizga maqbullashtirilishi bilan bir vaqtda yalpi hosil hajmining 35,2 foizga oshgani paxtachilikda ishlab chiqarish o‘sishi asosan intensiv omillar hisobiga ta’minlanganini ko‘rsatadi.

Keywords

qishloq xo‘jaligi, iqtisodiy o‘sish sifati, o‘sish barqarorligi, o‘sish dinamikasi, hududiy rivojlanish, integral indeks, paxtachilik, hosildorlik

References

Alikulov, M. (2025). Qishloq xo‘jaligini moliyalashtirishdagi muammolar va yechimlar / M. Alikulov. Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, (1).

Asongu S., A. (2017). Quality of Growth Empirics: Comparative Gaps, Benchmarking and Policy Syndromes / S. A. Asongu, J. C. Nwachukwu. Journal of Policy Modeling, 39(5), 861–882. https://doi.org/10.1016/j.jpolmod.2017.08.005

Berg, A. (2012). What Makes Growth Sustained? / A. Berg, J. D. Ostry, J. Zettelmeyer. Journal of Development Economics, 98(2), 149–166. https://doi.org/10.1016/j.jdeveco.2011.08.002

Gazeta.uz. O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti 2025-yilda 7,7 foizga o‘sib, 147 mlrd dollardan oshdi [Elektron resurs]. – 2026. – 23-yanvar. – URL: https://www.gazeta.uz/oz/2026/01/23/yim-2025/ .

IFAD. Republic of Uzbekistan: Country Strategic Opportunities Programme 2023–2027 (EB 2022/137/R.22) / International Fund for Agricultural Development. – Rome : International Fund for Agricultural Development, 2022.

ITIM – Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi. 2016–2025-yillarda Markaziy Osiyoda paxtachilik: analitik sharh. – Toshkent : Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi, 2026.

Lerman, Z. (2018). Transition to Smallholder Agriculture in Central Asia / Z. Lerman, D. Sedik. Journal of Agrarian Change, 18(4), 904–912. https://doi.org/10.1111/joac.12282

Markov A., K. (2021). Organizatsionno-ekonomicheskiy mekhanizm obespecheniya kachestva ekonomicheskogo rosta v sel’skom khozyaystve : doktorskaya dissertatsiya / A. K. Markov ; Rossiyskiy novyy universitet.

Milliy statistika qo‘mitasi. Qishloq xo‘jaligi: ochiq ma’lumotlar to‘plamlari (o‘sish sur’atlari va asosiy mahsulotlar yetishtirish hajmi) [Elektron resurs] / O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. – Toshkent, 2025. – URL: https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/agriculture-2 .

Milliy statistika qo‘mitasi. Tashqi savdo aylanmasi: 2025-yil yanvar–dekabr oylari uchun dastlabki ma’lumot : pressreliz [Elektron resurs] / O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. – Toshkent, 2026. – URL: https://stat.uz/ img/news/press-reliz-uzb_p58093.pdf .

Mlachila, M. (2017). A Quality of Growth Index for Developing Countries: A Proposal / M. Mlachila, R. Tapsoba, S. J. A. Tapsoba. Social Indicators Research, 134(2), 675–710.

Spot.uz. O‘zbekistonda kuzatilmaydigan iqtisodiyot hajmi qariyb $40 mlrdga yetdi [Elektron resurs]. – 2026. – 26-yanvar. – URL: https://www.spot.uz/oz/2026/01/26/nonobservable-economy .

Sputnik O‘zbekiston. O‘zbekiston YaIM so‘nggi 5 yilda qanday o‘zgardi – infografika [Elektron resurs]. – 2026. – 28-yanvar. – URL: https://oz.sputniknews.uz/20260128/uzbekistan-yaim-ozgarish-55327281.html .

Tangirov, A. (2025). Cho‘l–yaylov chorvachiligini barqaror rivojlantirish omillari / A. Tangirov, R. Kudratov. Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, (1).

Wang, Y. (2023). Evaluation, Regional Disparities and Driving Mechanisms of High-Quality Agricultural Development in China / Y. Wang, Y. Kuang. Sustainability, 15(7). https://doi.org/10.3390/su15076328

Downloads

Published

2026-09-01
Vol. 4 No. 9 (2026): «Muhandislik va Iqtisodiyot» jurnali 9-son