PAXTA LINTINI TASHUVCHI VA TOZALOVCHI VINTLI KONVEYERLARNING KINEMATIK TAHLILI

Authors

  • Kozimjon Komiljonovich Yuldashev Andijon davlat texnika instituti “Umumtexnika fanlari” kafedrasi dotsenti, texnika fanlari doktori (DSc)
  • Qudratbek Anvarbek oʻgʻli Xayitboyev Andijon davlat texnika instituti “Umumtexnika fanlari” kafedrasi assistenti

DOI:

https://doi.org/10.5281/zenodo.22911044

Abstract

Maqolada paxta lintini tashish va bir vaqtning o‘zida mexanik tozalashga mo‘ljallangan vintli konveyerlarning kinematik xususiyatlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Vintning aylanish harakati natijasida paxta lintining bo‘ylama siljishi, vint qadami, diametri, aylanish chastotasi, to‘ldirish koeffitsiyenti va sirpanishning transport jarayoniga ta’siri matematik jihatdan asoslangan. Vintli ish organining burchak va chiziqli tezliklari, lintning nazariy bo‘ylama tezligi, konveyer unumdorligi hamda lintning tozalash zonasida bo‘lish vaqti uchun asosiy tenglamalar keltirilgan. Kinematik parametrlarni transport unumdorligi va tozalash samaradorligini birgalikda hisobga olgan holda tanlash zarurligi ko‘rsatilgan. Nazariy tahlil natijalari vintning geometrik va kinematik parametrlarining o‘zaro bog‘liqligi paxta lintining konveyer bo‘ylab harakatlanish tezligi hamda tozalash jarayonining davomiyligini belgilashini ko‘rsatadi. Olingan ilmiy bog‘lanishlardan vintli konveyerlarning konstruktiv parametrlarini takomillashtirish, maqbul ish rejimlarini aniqlash va paxta lintini tashish-tozalash jarayonining texnologik samaradorligini oshirishda foydalanish mumkin.

Keywords

paxta linti, vintli konveyer, shnek, kinematik tahlil, aylanish chastotasi, vint qadami, transport tezligi, tozalash samaradorligi, unumdorlik, to‘ldirish koeffitsiyenti

References

https://lex.uz/uz/docs/-4756994

Байбара, С. Н. (2008). Диссертация. “Обоснованиe параметров однозаходного вертикалного шнекового конвеера с двухлопастной загрузкой”. Шахты- 2008. - с. 22.

Овчинникова, Т. В. (2016). Диссертация. “Обоснованиe параметров и режимов работы пневмовинтовой установки для транспортирования зерна устройством для удаления легких примесей”. Саратов 2016. - с. 5.

Черкасов, Р. И. (2017). Диссертация. “Интенсификация процесса смешивания сыпучих кормов порсионным вертикалным шнековым смесителем” Ростов-наДону-2017. С. 25.

Jigar, N., Sumant, P., & Snehal, S. (2008). “Productivity Improvement of Screw Conveyor by Modified Design” International Journal of Emerging Technology and Advanced Engineering Website: www.ijetae.com (ISSN 2250-2459, ISO 9001:2008 Certified Journal, Volume 3, Issue 1, January 2013). - rr. 68. 2008 Certified Journal.

Djuraev, A., & Yuldashev, K. (2020). Dynamics of the Screw Conveyor for Transportation and Cleaning of Fiber Material. International Journal of Advanced Science and Technology, 2020.

Downloads

Published

2026-09-01
Vol. 4 No. 9 (2026): «Muhandislik va Iqtisodiyot» jurnali 9-son