BUXORO NEFTNI QAYTA ISHLASH ZAVODIDA NEFTNI ATMOSFERALI HAYDASH QURILMASIDA TEXNOLOGIK MUHIT AGRESSIVLIGINI, KIMYOVIY REAKSIYALAR VA KORROZIYA MEXANIZMLARINI TADQIQ ETISH

Authors

  • Malikjon Negmurodovich Murodov Osiyo xalqaro universiteti, t.f.n., dotsent

DOI:

https://doi.org/10.5281/zenodo.22879045

Abstract

Ushbu maqolada Buxoro neftni qayta ishlash zavodi neft va gaz kondensatini atmosferali haydash hamda gidrotozalangan umumiy naftani barqarorlashtirish qurilmalarining amaliy ish rejimlariga tayangan holda metall konstruksion materiallarining korrozion yemirilish sabablari hamda mexanizmlari kompleks tadqiq etilgan. Xomashyo va texnologik oqimlar tarkibidagi MgCl2, CaCl2, H2S, HCl hamda organik kislotalarning termik va gidrolitik parchalanish kaskadi, kimyoviy reaksiyalar kinetikasi va kislotali kondensatsiya zonalari tahlil qilingan. GOST 5272-68, GOST 9.905, GOST 9.907 va GOST 9.908 standartlari asosida St3, St20 va 12X18N10T po‘latlarining korroziya tezligi (Kg), chuqurlik ko‘rsatkichi (P) hamda hosil bo‘lgan korroziya tiplari baholangan. Tadqiqot natijalari va sanoat ko‘rsatkichlari asosida kompleks himoya tavsiyalari ishlab chiqilgan.

Keywords

Buxoro NQIZ, neft va gaz kondensatini atmosferali haydash, gidrotozalangan umumiy naftani barqarorlashtirish, H2S korroziyasi, HCl gidrolizi, pitting, GOST 9.908, 12X18N10T

References

Murodov, M. N. (2024). Neft va gazni qayta ishlash korxonalari uskunalarini korroziyadan himoya qilish. Monografiya. Buxoro: “Durdona”, 2024. 180 b.

ISO 11845:1995. Corrosion of metals and alloys - General principles for corrosion testing. Geneva: ISO, 1995.

NACE MR0175/ISO 15156. Petroleum and natural gas industries - Materials for use in H2S-containing environments in oil and gas production. Houston: NACE International, 2015.

Murodov, M. N., et al. (2025). Study of High-Temperature Hydrogen Sulfide Corrosion in Atmospheric Distillation Units. Chemical and Petroleum Engineering, 61(3), 215–222.

Downloads

Published

2026-09-01
Vol. 4 No. 9 (2026): «Muhandislik va Iqtisodiyot» jurnali 9-son